Ivan Fomenko




Ivan Ivanovich Fomenko (1904.13.4, Samara 1985.1.3, Toshkent) — pianinochikonsertmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artista (1967). Toshkent davlat musiqa bilim yurtini tugatgan (1931). 1920-yildan Toshkentda. Dastlab kinoteatrlar (ovozsiz kino seanslari)da, keyinchalik Oʻzbek davlat estrada va sirk birlashmasida (1924—36) pianinochi, Oʻzbek davlat filarmoniyasida konsertmeyster (1936—72), Toshkent konservatoriyasida dotsent (1972-yildan). 2 jahon urushi davrida Tamaraxonim ansambli konsertlarida qatnashgan. Oʻzbek adabiyoti va sanʼati dekadalari (Moskva, 1937, 1951) ishtirokchisi. Chet el gastrollarida boʻlgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz