Ivan Dodosov




Ivan Alekseyevich Dodosov (1989-yil 7-sentyabr, Pestretsi, Pestrechinskiy tumani, Tatar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, RSFSR, SSSR) rossiyalik harbiy xizmatchi, mayor. Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi ishtirokchisi. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2022).

Hayoti



Ivan Alekseyevich Dodosov 1989-yil 7-sentyabrda Tatar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Pestrechinskiy tumani, Pestretsi qishlogʻida tavallud to[gan. Aleksey va Tatyana Dodosovlar oilasida dunyoga kelgan. U bolaligidan harbiy boʻlishni istagan.

Pestrechinskiy nomidagi 1-sonli oʻrta maktabni individual fanlarni chuqur oʻrganish bilan tamomlab, 2006-yilda Qozon oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻqishga kirdi va uni 2010-yilda oltin medal bilan tugatdi. Mayor unvoniga sazovor boʻlgan hamda Rostov viloyati Novocherkassk shahridagi 33744-sonli harbiy qismning tank bataloni komandiri darajasiga koʻtarilgan.

Dodosov 2014-yilda Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishida ishtirok etgan. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida qatnashgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Popasna hududida „dushman mudofaasining yutugʻini“, Lisichanskda „qoʻshinlarning yurishini“ va LPRda „hududning bir qismini ozod qilishni“ taʼminlagan. Oʻsha yili unga „Rossiya Federatsiyasi Qahramoni“ unvoni berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz