Ivan Bukin




Ivan Andreevich Bukin (ruscha: Иван Андреевич Букин; 1993-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha muosbaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Aleksandra Stepanova bilan birga to‘rt karra Yevropa chempionatining medal sovrindori (2019-yilda kumush, 2015-yil, 2018-yil va 2020 -yilgi bronza), 2018-yilgi Xelsinki Gran-pri musobaqasining chempioni, 2018 Rostelecom Cup turniri chempioni va ikki karra Rossiya chempionidir.

Stepanova / Bukin juftligi faoliyatining boshida 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2012 — 2013 yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining finalida va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya Chempionatida gʻolib chiqqan.

Shaxsiy hayoti



Ivan Bukin 1993-yil 16-sentyabrda Moskvada tugʻilgan. U muz raqsi boʻyicha 1988-yilgi Olimpiya chempioni Andrey Bukinning oʻgʻli. Uning onasi Yelena Vasyukova ham sobiq muz raqqosasi.
Bukinning uzoq yillik sevgilisi, xoreograf Alyona Samarskayadir. Artyom 2022-yil 3-yanvarda Artyom ismli oʻgʻil farzanli boʻlgan.

Faoliyati



Dastlabki yillari



Stepanova konkida uchishni 1999-yilda oʻrgana boshladi. Sankt-Peterburgda raqs maktabi yoʻqligi sababli u Moskvaga koʻchib oʻtgan. Stepanova 2006-yilda murabbiylar Irina Juk va Aleksandr Svinin tomonidan Bukin bilan juftlashtirilgan.

2010 — 2011-yildan 2011 — 2012-yilgacha



Stepanova / Bukin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ular ikkala musobaqada ham gʻalaba qozonishgan va 2010-yilgi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Stepanova / Bukin juftligi Ruminiya va Italiyada boʻlib oʻtgan 2011 — 2012-osmirlar oʻrtasidagi musobaqalarining ikkalasida ham gʻolib chiqdilar. Ularning gʻalabasi finalga yoʻlllanmani berdi. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. Keyin Stepanova / Bukin juftligi 2012-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2012 — 2013-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon Chempionligi



Stepanova / Bukin Turkiya va Germaniyadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Ular finalda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Stepanova / Bukin juftligi Bukinning shamollashi tufayli 2013-yilgi Rossiya Oʻsmirlar Chempionatini tark etgan.

Natijalari



GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Bukin bilan

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz