Ivan Bolotnikov




Ivan Isayevich Bolotnikov (? 1608) – Rossiyadagi qoʻzgʻolon (1606–07) rahbari. U yoshligida boyar Telyatevskiyning qaroli (xolopi) boʻlgan, keyinchalik kazaklar tomoniga qochgan, tatarlar uni tutib olib, turklarga qul qilib sotishgan. Bolotnikov Turkiya harbiy kemasida eshkakchi boʻlib ishlagan. Qullikdan qochib Rossiyaga qaytgan. Rossiyaningjan. hududlari, Moskva atrofi, Kaluga, Tulada qoʻzgʻolonchi qoʻshinlar tashkilotchisi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, Bolotnikov Kargopolga surgun qilingan (1607-yil oktabr), ikkala koʻzi oʻyilib, suvga choʻktirilgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz