Ityurak (film)




Ityurak (ruscha: Собачье сердце) — Mixail Bulgakovning „Ityurak“ asari asosida 1988-yilda suratga olingan film.

Mazmuni



1924-yilda Moskvada oʻz zamonasining buyuk jarrohlaridan biri Filipp Filippovich Preobrajenskiy, odam gipofizini va urugʻlarini it tanasiga koʻchirish boʻyicha jarrohlik amaliyotini boshlaydi. Buning uchun donor sifatida koʻchada daydib yurgan „Sharik“ laqabli itni va bezori-piyonistaligi tufayli halok boʻlgan Klim Chugunkinni tanlab oladi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajariladi. Butun Moskva aholisi professorning itni odamga aylantirgani haqida gapirishadi... Odamga aylangan it tez orada odamdek koʻrinishni va gaplashishni boshlaydi, biroq unda marhum bezori Klim Chugunkinga xos yaramas odatlar paydo boʻladi. Lekin bu yomon xislatlari unga Sovet Ittifoqining fuqarolik jamiyatiga kirib borishiga, hattoki davlat idorasida muhim lavozimni egallashiga ham halaqit bermaydi. Oʻziga Sharikov Poligraf Poligrafovich ismini bergan sobiq it, professorning uyini gʻurbatxonaga aylantiradi. Oʻz navbatida professor jarrohlik amaliyoti oʻtkazib, Sharikovni yana itga aylantirib, avvalgi holiga qaytarib qoʻyadi.

Rollarda




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz