Ittifoq




Ittifoq  — Namangan viloyatidagi shaharcha (1989 yildan). Namangan shah-rining shimoli-gʻarbida. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi (Namangan shahri)lan 25 km. Aholisi 3,5 ming kishi (2004). Namangan parrandachilik fabrikasi qurilishi munosabati bilan 1973—76 yillarda ishchi-xizmatchilar shaharchasi sifatida bunyod etilgan. I.da Namangan parrandachilik fabrikasi asosiy sanoat korxonasi hisoblanadi. Shuningdek, umumiy taʼlim maktabi, bozorcha, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kutubxona, dorixona, tibbiy punkt faoliyat koʻrsatadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz