Itsichqonlar




Itsichqonlar , tiyinsichqonlar, dumsiz sichqonlar (La-gomyidae) — kemiruvchilar toʻrkumi oilasi, 18 tacha turi bor. Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir va Shim. Amerikada tarqalgan. Tyanshan, Pomir, Kopetdogʻ, Oltoy, Hisor-Olay togʻlarida va baʼzi baland tekisliklarda 8, Oʻrta Osiyo togʻlarida 5 turi uchraydi. Dumsiz sichqon choʻllarda yashaydi. I yerga bir nechta teshikli uya qaziydi. Bir yilda 2—3 marta urchiydi, har safar 4—12 bola tugʻadi. Oʻt bilan oziklanadi. Tanasining uz. 15—20 sm, orqa oyoqlari oldingisidan sal uzun, barmoqlari va kaftlari tuk bilan qoplangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz