Itqovun




Itqovun (Melo agrestis Pang) — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik yovvoyi oʻt. Palagining uz. 1 m cha. Barglari uzun bandli, 3—5 boʻlakchali, tuxumsimon, bir oz oʻyilgan, cheti kungurali. Gullari ayrim jinsli, sariq. Mevasi achchiq, rezavor. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston va Hindistonda keng tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma tumanlarida oʻsadi. Mevasi achchikligidan uni aholi I. deb atagan. Tarkibida organik kislotalar, qand, oshlovchi va b. moddalar, urugʻida yogʻ bor. Ildiz qaynatmasi tabobatda istisqo, sariq kasalliklarini va ogʻizdagi shishlarni davolashda ishla-tiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz