ITOLG’I (Falso cherrug) — lochinlar oilasiga mansub qush. Qanotining uzunligi 35-43 santimetr, modasining og’irligi 820— 980 gramm, nari – 970-1130 gramm. Janubiy sharqiy Yevropa va shimoliy – G’arbiy Afrikadan to Baykalortigacha bo’lgan hududlarda tarqalgan. Dasht, cho’l va o’rmon-dasht mintaqalarida yashaydi. O’zbekistonning tog’li va pasttekisliklarida uchraydi. Daraxt va qoyatoshlarda uya quradi. Qushlar, kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Ov kushi sifatida qadrlanadi. O’zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarning Qizil kitobiga kiritilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish