ITERATSIYA
ITERATSIYA (lotincha iteratio — takrorlash) — biror matematik amalni ko’p marta ishlatish. Masalan, /(x),/[Ax)],/ {/[/(x)]}… ketma-ketlik/(D:) funktsiya Iteratsiyalaridir. Xususiy holda/(x) = ax bo’lsa, bu funktsiyaning Iteratsiyalari quyidagi ko’rinishda bo’ladi: ax, a2x, a3x, … a”x, …. Qo’llanilayotgan amalning necha marta ishlatilganligini ko’rsatuvchi son Iteratsiya ko’rsatkichi deyiladi. Iteratsiya, xususan, turli (algebraik va funktsional) tenglamalarni ketma-ket yaqinlashish usuli bilan echganda uchraydi. Nazariy va tatbiqiy matematika masalalarini hal qilishda Iteratsiyadan foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz