ITBINAFSHA



ITBINAFSHA, itgunafsha (Veronica arvensis) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. Poyasi oddiy (shoxlanmagan), 5-10 santimetr. Barglari yuraksimon, tuxumsimon, kungurali, barg bandi juda qisqa. Yondosh barglari bandsiz, tekis qirrali, nashtarsimon. To’pguli boshoqsimon. Gulbandi qisqa. Gultoji och havorang. Mevasi ko’sak, tukli bezlar bilan qoplangan, 15-20 urug’li. Urug’i tuxumsimon. Aprelda gullab, mayda urug’laydi. Adirlarda, ekinlar orasida uchraydi. O’rta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, G’arbiy Sibir, g’arbiy Yevropa, O’rta dengiz atroflari va shimoliy Amerikada o’sadi. Boshqa o’tlar bilan o’rilgan Itbinafshani mollar yaxshi yeydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz