Italyan vikipediyasi
Italyancha Vikipediya (italyancha: Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan. Hozirda 1 834 541 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).
2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi. Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.
2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.
Hozirgi holati
2023-yil 7-Noyabr boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 834 541 maqola mavjud. 2 445 614 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7 549 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 123 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 136 001 598. Teranligi (bugun): 186.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org