Italyan fan-adabiyot va sanʼat ensiklopediyasi




Italyan fan-adabiyot va sanʼat ensiklopediyasi (Italyancha: "Enciclopedia italiana di scienze, lettere ed arti"), "Italyana" — Italiyadagi eng yirik universal ensiklopediya. 1929—39 yillarda 36 jildi Rimda nashr etilgan. Oxirgi jildi barcha nashrning koʻrsatkichi (mundarijasi)dan iborat. Oxirgi jild, shuningdek, 1938-yil bo-silib chiqqan birinchi qoʻshma jildning (Appendice 1) koʻrsatkichlarini ham qamrab olgan. Keyinchalik 1948 (1938—48 yillar qamrab olingan) va 1961-yillarda (1949—60 yillar qamrab olingan) qoʻshimcha ikki jildligi nashr etilgan. "Italyana"ning asosiy qismi gumanitar yoʻnalishda boʻlib, tarix, sanʼat, adabiyot, geografiya, shaxslar haqidagi maʼlumotlardan iborat. Qoʻshimcha jildlarda asosiy eʼtibor tabiiy fanlarga, texnikaga karatilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz