Italo Alaimo




Italo Alaimo (1938-yil 9-avgust — 1967-yil 17-iyul) — italiyalik futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.

Italiya ligalari tizimining bir necha bosqichlarida muvaffaqiyatli futbolchilik faoliyatidan so'ng, Alaimo 1967-yil 17-iyulda B Seriyaning Novara klubiga o'tish chog'ida tibbiy ko'rik paytida vafot etdi.

O'yin karyerasi



1958-yilda Regginadan qo'yib yuborilganidan so'ng va C seriyaning quyi klublarida muvaffaqiyat qozonganidan keyin, Alaimo Chietiga ko'chib o'tdi va 58 ta o'yin o'tkazdi, chunki uning klubi ketma-ket ikki mavsum D Seriyaga tushib qolishdan qutulib qoldi. Shunga qaramay, Alaimo baribir quyi diviziondagi Rosignano Solvayda o'ynadi, 1963-yilning noyabrida Regginaga qaytdi va 1964-65-yil mavsumida jamoasi bilan B seriyaga ko'tarilib, chempionlikni qo'lga kiritdi.

1967-yilning iyulida, Reggina bilan bir necha yillik muvaffaqiyatdan so'ng, Alaimo B Seriyaning boshqa vakili Novaraga o'tdi, transfer narxi o'sha paytdagi Italiya futbolidagi eng katta to'lovlardan biri bo'lmish 35 million lirani tashkil etdi.

O'lim



„Novara“ga o'tishi va klub muxlislariga taqdimotidan so'ng Alaimo transferni rasman yakunlash uchun odatiy tibbiy ko'rikdan o'tdi. Alaimo kardiyak stress testidan o'tish uchun mashq velosipediga o'tirdi. U mashqini yakunladi, lekin u velosiped egaridan tusha boshlaganida mushagi tortiship qoldi; reanimatsiya urinishlariga qaramay, Alaimo olamdan o'tdi. O'lim sababi rasman elektr toki urishi sifatida keltirildi va Ospedale Maggiorening (tibbiy ko'rik bo'lib o'tgan joy) uch xodimi ehtiyotsizlikdan odam o'ldirishda ayblandi.

Meros



Uning o'limidan so'ng, Reggio-di-Calabriya ko'chasi uning sharafiga Via Italo Alaimo deb nomlandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz