Italiya va Ispaniya urushlari
Karl sulola asoschisi Franklar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) boshqargan. «Buyuk» nomi unga tarixchilar tomonidan ko‘plab harbiy yurishlarga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko‘plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan «korol», ya’ni «qirol» unvoni kelib chiqqan. Karl taxtga o‘tirishi bilan istilochilik urushlarini olib borgan. Uning dastlabki harbiy yurishlaridan biri germanlar- ning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yilda boshlanadi. Urushda g‘olib bo'lgan Karl Italiya yerlarini grafliklarga bo'lib, Frank qirolligiga qo‘shib oladi. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yilda Karlning yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Karlning jiyani graf Roland bu urushda halok boʻladi. Asrlar o'tib Roland fransuz xalq og‘zaki ijodining sevimli qahramoniga aylanadi va «Roland haqida qo‘shiq» dostoni yaratiladi. Keyingi yurishlar davomida Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi.
Adabiyotlar
JAHON TARIXI
«O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent - 2017
Muharrir
M. Jumayev
Badiiy muharrir
A. Yoqubjonov
Texnik muharrir U. Sapayev
Sahifalovchi dizayner Sh. Sirojiddinov
uz.wikipedia.org