Italiya ID kartalari
Italiyaning ID kartalari (italyancha:
carta di identità elettronica ,
CIE yoki oddiygina
carta d’identità ) — Italiya fuqarosi biometrik identifikatsiya hujjati boʻlib, uning eng soʻnggi versiya (CIE 3.0) 2016-yil iyul oyida chiqgan.
Umumiy koʻrinishi
Italiyaning ID kartasi shaxsni tasdiqlovchi hujjat boʻlib, u Italiyada istiqomat qiluvchi har bir kishiga va chet elda yashovchi Italiya fuqarolariga berilishi mumkin. Italiya fuqarosiga berilgan karta Yevropa iqtisodiy hududi va Shveytsariyada erkin harakatlanish huquqini beradi va pasport oʻrniga qabul qilinadi.
Tarixi
1931-yilda fashistik tuzum davrida Italiya Qirolligi 773/1931-sonli Qonunning 3-moddasiga asosan jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ID kartalarini joriy etdi. Oʻshandan beri ID karta ushbu eski qonunga muvofiq uzluksiz xizmat koʻrsatmoqda, vaqt oʻtishi bilan unga boshqa koʻplab qonunlar qoʻshildi.
Koʻrinishi
Karta ID-1 standart oʻlchamiga ega va u koʻplab xavfsizlik xususiyatlariga ega (masalan, gologrammalar, himoya fonlari, mikro-matnlar, gilyoshlar.
Old tomonda Italiya Respublikasining gerbi tasvirlangan va orqa tomonida Uygʻonish davri rassomi va meʼmori Mikelanjelo Buonarroti tomonidan yaratilgan Rimdagi Piazza del Campidoglio geometrik dizaynidan olingan.
Old tarafi
Orqa tarafi
Yaroqlilik muddati
106/2011-sonli qonunga muvofiq kartaning amal qilish muddati:
35/2012-sonli qonunga koʻra, amal qilish muddati arizachining tugʻilgan kunigacha amal qiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org