Italiya gladiolusi




Italiya gladiolusi ( lotincha: Gladiolus italicus ) — Gulsafsardoshlar oilasiga mansub gladiolus turkumiga kiruvchi o‘simlik turi..

Botanik tavsifi



50-80 (100) sm bo‘lgan ko‘p yillik o‘t. Tugunak piyozchasi taxminan 20 mm bo‘ladi.   Barglari qilichsimon tomir qobiq bilan qoplangan. Barglari 3-5 mm, uchli, kengligi 8-22 mm va 20 sm uzunligigacha.

Gullash jarayoni kamdan-kam uchraydi, Guloldi barglari nashtarsimon, gullari tik, gulqo‘rg‘oni pushti rangli. Mevasi yumaloqtuxumsimon ko‘sak shaklida, uzunligi 1 sm gacha. Tugunak piyozchasi tuxumsimon, qo‘ng‘ir rangli qobiq bilan o‘ralgan. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi.

Muhofaza choralari



Surxon va Kitob davlat qo‘riqxonalarida. Qrim Respublikasi (Yalta tog‘ va o‘rmon qo‘riqxonasida), Sevastopol shahri (“Baydar” qo‘riqxonasida muhofaza etiladi), Armaniston, O‘zbekiston va Ukrainaning Qizil kitoblariga kiritilgan.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz