Italiya chigirtkasi




Voha chigirtkasi , italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) — chigirtkalar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Erkagi tanasining uz. 14,5—24 mm, urgʻochisiniki 24—41 mm. Baquvvat tanasi toʻq qoʻngʻirdan och kulrang yoki sargʻish kulranggacha. Tuxumli koʻzachasining kattaligi 14—41 mm boʻlib, koʻpincha uvatlarga, dala, yoʻl chetlari, partav yerlardagi chimga qoʻyadi. Yevropa, Shim. Afrika, Xitoy, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Janubiy Oltoy oʻlkasi, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. V.ch. shuvoq-boshoqli oʻsimliklar oʻsadigan choʻllarga xos. Juda koʻpayib ketgan yillari gʻoʻza, dukkakli, poliz, boshoqli va b. ekinlarga zarar keltiradi (yana q. Chigirtka).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz