Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari (2020-yildan hozirga qadar)




Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasida Italiyani himoya qiladi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliiyati Italiya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Italiya ayollar terma jamoasining oldingi natijalari



Italiya 2013-yil Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga saralash guruhida o‘nta o‘yindan to‘qqiztasida g‘alaba qozonib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Turnirda Italiya terma jamoasi mezbon Shvetsiya, Daniya va Finlandiya terma jamoalari bilan „A“ guruhidan joy oldi. Bitta g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat bilan Italiya guruh bosqichidan ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi, biroq chorak finalda Germaniya ayollar terma jamoasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Keyingi ikki yil ichida Antonio Cabrini boshchiligidagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi jahon chempionati saralashida ishtirok etdi: oʻnta oʻyinda sakkizta gʻalaba qozonishiga qaramay (shu jumladan Makedoniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita rekord darajadagi gʻalaba (11-0 va 15-0)) Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda Ispaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Pley-offning birinchi bosqichida Italiya Ukraina ayollar terma jamosini umumiy hisobda 4:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, pley-offning so‘nggi bosqichida Gollandiya terma jamoasiga umumiy hisobda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Jahon chempionatiga yoʻllanma ola olmadi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi Yevropa chempionatida „B“ guruhida Germaniya, Shvetsiya va Rossiya ayollar terma jamoalaridan magʻlub boʻlib so‘nggi o‘rinni egalladi.

Muvaffaqiyatli yillar




2018-yil 8-iyun kuni, so‘nggi ishtirokidan yigirma yil o‘tib, Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Italiya Avstraliya (2:1) va Yamayka (5:0) ayollar milliy futbol terma jamoalari ustidan ikkita gʻalaba qozonib pley-off bosqichiga chiqdi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Braziliya ayollar futbol terma jamoasiga (0:1) magʻlubiyati ahamiyatsiz boʻldi. 1/8 finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionatida chorak finalga yo‘l oldi. Biroq, amaldagiYevropa chempioni Niderlandiya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Jahon chempionatidagi yoʻli 2019-yil 29-iyunda oʻz nihoyasiga yetdi

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Portugaliya davlatida oʻtkazilgan 2020-yilgi Algarve kubogida ishtirok etdi. Saralash bosqichida mezbonlarni 2:1 hisobida magʻlub etgan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalga yoʻl oldi va u yerda Yangi Zelandiya ayollar milliy terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi va finalga yoʻl oldi. Finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniaya ayollar tema jamaosi bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq muammolar boʻyicha finalda ishtirok eta olmadi va Germaniya ayollar terma jamoasi umum natijalar boʻyicha tanlovda gʻolib deb topildi.

2019-2021-yillar oraligʻida oʻtkazilgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Evro-2022 musobaqasi saralashida Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Daniya, Bosniya va Gersegovina, Malta, Isroil va Gruziya ayollar milliy terma jamoalari bilan bir guruhda toʻqnash keldi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, Daniya terma jamoasiga qarshi ikki oʻyindagi durang va magʻlubiyatdan tashqari barcha oʻyinlarda gʻalaba qozondi va 2022-yilgi UEFA ayollar oʻrtaasidagi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi.

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan oʻyinlari roʻyxati



Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi har bir hisobda birinchi boʻlib koʻrsatilgan.

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan oʻyinlari (raqib terma jamoalar kesimida)




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz