Italiya Ayollar A Seriyasi




Italiya Ayollar A Seriyasi (Italyancha talaffuzi: ˈsɛːrje ˈa
, TIM tashkiloti homiyligi tufayli ba'zi manbalarda A Seriya Femminile TIM deb ham ataladi) Italiyadagi ayollar futbolining eng yuqori ligasi. Italiya Ayollar A Seriyasi 1968-yilda tashkil etilgan. Italiya Ayollar A Seriyasi 2018–2019-yilgi mavsumdan beri Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) tomonidan boshqarib kelinmoqda va hozirda 12 ta jamoani o‘z ichiga oladi.

Italiya Ayollar A Seriyasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli klub - bu 7 marta g'alaba qozongan Torres jamoasi hisoblanadi. Italiya Ayollar A Seriyasining amaldagi chempioni so'nggi to'rt yillikning har birida g'alaba qozongan "Juventus" jamoasi hisoblanadi. 2021–2022-yilgi mavsumda A Seriya UEFA ayollar koeffitsienti bo'yicha to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi va shuning uchun Italiya Ayollar A Seriyasidagi eng yaxshi ikki jamoa UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yo'l oladi (pastki o`rinlardagi ligalardan faqat bittadan).

Italiya Ayollar A Seriyasi 2022-2023-yilgi mavsumdan boshlab to'liq professional bo'lib, maosh chegarasini olib tashladi va jamoalarga o'z futbolchilariga yuqori maosh to'lash imkonini (oldinlari muayyan miqdordan oshiq maosh berilmas edi) berdi. Aynan shu munosabat bilan Italiya Ayollar A Seriyasi ayol futbolchilari Italiyada to'liq professional tarzda foliyat olib boradigan birinchi ayol sportchilar bo'lishdi. Shuningdek, Italiya Ayollar A Seriyasidagi jamoalar soni ham 12 tadan 10 taga kamaydi.

Jamoalar



Chempion jamoalar ro`yxati



Quyida Italiya Ayollar A Seriyasi Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishdan oldin A Seriya chempionligi uchun kurash olib borilgan bir qancha mustaqil federatsiyalarga tegishli bo'lgan \chempionlar ro'yxati keltirilgan. 1968-yildan boshlab barcha chempionat jamoalar "Italiya Ayollar A Seriyasi" chempioni sifatida belgilangan.

Klub tomonidan g'alaba qozonish

2021—2022-yilgi mavsum



2021—2022-yilgi mavsumda quyidagi o'n ikkita klub ishtirok etdi.

Eng yaxshi to'purarlar ro`yxati




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz