Ist-Texas neft koni




Ist-Texas neft koni (East Texas) — dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri. AQShning Texas shtatida joylashgan. Meksika qoʻltigʻi neft-gazli havzasiga mansub. 1930 yilda ochilib ishga tushirilgan. Neftning dastlabki sanoat zaxirasi 850 mln. t boʻlgan. Kon Sabin tepaligining gʻarbiy yon bagʻrida joylashgan. Neft-gazning toʻplangan maydoni 567 km. Sa-marador qumtoshlarning oʻrtacha kalinligi 11,4 m, neftlilik kavati 70 m. Kollektorning oʻrtacha gʻovakliligi 25%, oʻtkazuvchanligi 2,5 Darsigacha. Neftning zichligi 830 kg/m3, qovushqoqligi 0,93 mPa, oltingugurtning miqdori 0,32%. Har yili 7 mln. t ga yaqin neft kazib olinadi, jami 690 mln. t (1984) neft olingan. Asosiy neft olinadigan joy shim. uchastka hisoblanadi. AQShning shim. va shim,sharqiy rayonlariga 2000 km uzunlikda neft quvurlari oʻtkazilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz