Isto choʻqqisi
Isto choʻqqisi – Alyaskadagi (AQSh) Brooks togʻ tizmalarining eng baland nuqtasi. Brooks togʻ tizmalarining Romanzof togʻlari nomi bilan mashhur sharqiy qismida joylashgan bu choʻqqi Brooks togʻ tizmalarining ikkinchi eng baland nuqtasi boʻlgan Hubley choʻqqisidan 5 mil (8 km) janubda joylashgan. Arktika milliy yovvoyi tabiat boshpanasi roʻyxatiga kiritilgan Isto choʻqqisi 1966-yilda Qoʻshma Shtatlar quruvchi-muhandisi Reynold E. (Pete) Isto sharafiga nomlangan. 2014-yilda zamonaviy oʻlchov texnologiyalari Isto choʻqqisini Brooks togʻ tizmalaridagi eng baland choʻqqi ekanligini aniqladi. Dastlab, Chamberlin choʻqqisi eng baland choʻqqi deb hisoblangan edi ammo hozirda u Brooksdagi togʻ choʻqqilari ichida balandligi boʻyicha 3-oʻrinda turadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org