Istiqlol (stadion)




„Istiqlol“ stadioni. „Istiqlol“ sport majmuasi Fargʻonada joylashgan boʻlib, 20 mingdan ortiq muxlisni qabul qila oladi. Zamonaviy va barcha zarur narsalar bilan jihozlangan chiroyli stadion 2015-yilda ochilgan. U xalqaro futbol oʻyinlari uchun ideal maydonga aylandi. „Istiqlol“ — "Neftchi" futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar yuqori va pastki qavatlarga boʻlingan. Kuzatuvchilar xonasi videotablo va musobaqani jonli translyatsiya qilish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlangan.

Stadion tarixi



Stadionni Quvasoy taʼmirqurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan. Istiqlol stadioni koʻp funksiyali boʻlib, sportning boshqa turlarini ham oʻtkazish imkoniyati mavjud. Stadion qurilishi uchun 30 million $ dan oshiq mablagʻ sarf etilgan Fargʻona shahridagi "Istiqlol" stadioni nomidagi 20 ming oʻrinli yangi arena qurilishi 2012-yil yanvar oyida boshlanib, 2014-yil oxirida nihoyasiga yetdi.

Tavsifi



Ushbu oʻyingohning nomi, Fargʻona „Markaziy“ stadioni deb nomlanadi. Bu faqat „Manchester“ jamoasi uchun emas. Balki shahar hokimiyatiga qarashli boʻlib, olimpia stadioni sanaladi. Yaʼni sportning futboldan tashqari, boshqa turlariga ham moʻljallangan.

Stadion 20000 muxlisga moʻljallangan boʻlib, ikki qavatdan iborat. Markaziy tribuna esa uch qavatli. Ushbu binoning birinchi qavatida mezbon va mehmon jamoalar uchun „A“ va"B" toifadagi kiyinish xonalari boʻlib, har bir jamoa ixtiyorida ikkitadan kiyinish xonalari bor. U yerda futbolchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar mujassam qilingan. Shuningdek hakamlar xonasi ham aynan ushbu binoda joylashgan. Markaziy tribunaga qarama-qarshi tomonda esa tamddixona (bufet) qilinadi. Muxlislar oʻyin chogʻida, tashqariga chiqib yurmasdan, oʻzi uchun kerak boʻlgan yegulikni stadion ichidagi maxsus doʻkonlardan xarid qilishi mumkin.

Maydon va tribunaning oraliq masofasi 15 metrni tashkil etadi. Stadiondagi sektorlar soni 32ta.

Oʻyin natijasini koʻrsatib turish uchun „Philipps“ tablosidan oʻrnatilgani. Oʻyindagi xavfli va golli vaziyatlarni ushbu tablo orqali takroriy ravishda koʻrish mumkin. Zamonaviy tabloning boʻyi 4, eni esa 12 metr koʻrinishda.

Tarixiy uchrashuvlar



Yangi "Istiqlol" stadionining ochilish oʻyini 2015-yil 3-aprel kuni Oʻzbekiston U-20 hamda Yangi Zelandiya U-20 terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib oʻtgan va mezbon jamoaning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi.  Yangi stadiondagi birinchi rasmiy Liga oʻyini 2015-yil 18-aprel kuni  Neftchi — „Mash’al Muborak“ uchrashuvi bilan oʻtkazildi.

2015-yildan beri klub uy uchrashuvlarini Fargʻona dagi 20 000 tomoshabinga moʻljallangan "Istiqlol" stadionida oʻtkazmoqda.

"Istiqlol"  — Fargʻona va Fargʻona viloyatidagi eng yirik (viloyat) stadioni va Oʻzbekiston chempionatida eng koʻp tashrif buyuruvchilardan biri. Stadionda shuningdek Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi oʻyinblari ham oʻtkailgan

Stadionda top suruvchi klublar



Shuningdek, Fargʻonaning yana bir klubi — Oʻzbekiston Pro ligasi "A „ ligasida toʻp surayotgan “Istiqlol" ham oʻz uy uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazmoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz