Istiqlol koʻchasi




Ushbu maqola koʻcha haqidadir. Istiqlol soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Koordinatalari: 41°18′57.5″N 69°16′37″E / 41.315972°N 69.27694°E / 41.315972; 69.27694 G O

Istiqlol koʻchasi (1917-yilgacha – Vorontsov shoh koʻchasi, 1961-yilgacha – Stalin koʻchasi, 1965-yilgacha – Bratskaya koʻchasi, 2013-yilgacha – Hadicha Sulaymonova koʻchasi, koʻchaning bir qismi Xorazm koʻchasi deb atalgan) – Toshkent shahri markazidagi koʻcha, Buyuk Turon va Istibol koʻchalari oraligʻida joylashgan.

Tarixi



Istiqlol koʻchasi shaharning eng qadimiy koʻchalaridan biri boʻlib, 1865-yilda eski Oʻrdaning janubiy devori boʻyidagi ariq oʻrnida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtda uzunligi 1,7 km boʻlgan. Oktyabr inqilobigacha bu koʻchada yirik maʼmuriy, madaniy-maʼrifiy muassasalar joylashgan edi. 1873-yilda bu koʻchada Turkiston general-gubernatorligi idorasi binosi qurilgan (Sovet davrida Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi joylashgan, 18-uy).

Koʻchaning qarama-qarshi burchagida 1870-yildan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona) va kimyo laboratoriyasi joylashgan. 1876-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi Turkiston oʻlkashunoslik muzeyi laboratoriya qoshida alohida xonalarda joylashgan (1948-yilda bu yerda Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaning yangi 2 qavatli binosi qurilgan).

1899-yilda kutubxona roʻparasida shahar dumasi binosi klassik arxitektura uslubida qurilgan (meʼmor Gamburger). Koʻcha rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Duma binosi buzib, oʻrniga Oʻzbekiston Davlat rejalashtirish qoʻmitasi binosi qurilgan.

1885-yilda Vorontsov shoh koʻchasi boʻylab bogʻ tashkil etilgan. Sulaymonova va Ikan koʻchalari burchagida meʼmor Svarichevskiy loyihasi boʻyicha qurilgan bir qavatli bino saqlanib qolgan. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida bu binoda Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati joylashgan edi. Undan oldin esa OʻzSSR Tashqi ishlar vazirligi binosi boʻlgan.

1889—1899-yillarda Rossiyaning mashhur siyosiy va jamoat arbobi, 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumatining vaziri-raisi boʻlgan A. F. Kerenskiy Vorontsov shoh koʻchasidagi 47-uyda ota-onasi bilan hukumat kvartirasida yashagan.

Diqqatga sazovor joylari



Istiqlol koʻchasida bir qavatli va koʻp qavatli yakka tartibdagi binolar, shuningdek, noturar joy binolari joylashgan [6]. Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 50-sonli maktab, „Bon“ qahvavaxonalar tarmogʻi filiali, „Credo“ restorani.

Jamoat transporti




Koʻchaga yaqinida „Mustaqillik maydoni“ metro bekati joylashgan.

Fotogalereya










Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz