Iste’molga yaroqli idishlar




Isteʼmolga yaroqli idishlar  — bu foydalanishdan keyin yeyish mumkin boʻlgan idishlar. Isteʻmolga yaroqli idishlar uy sharoitida yoki sanoat miqyosidagi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.

Tarixi



Shakar xamiridan tayyorlangan isteʼmolga yaroqli idishlari (likopcha, stakan, oshxona anjomlari) XVI asrdan beri qoʻllanila boshlangan va oʻsha davrlarda boylik belgisi hisoblangan. 1562-yilda kimyogar Jirolamo Rushelli kitobida pichoq, vilkalar va qoshiq kabi oshxona anjomlari retsepti nashr etilgan.

Hozirgi vaqtda isteʼmolga yaroqli idishlar atrof-muhitni ifloslantiruvchi materiallardan (shu jumladan plastmassadan) tayyorlangan idishlarga ekologik alternativ sifatida qabul qilinadi.

Hozirgi vaqtda isteʼmol qilinadigan idishlarni sanoat ishlab chiqarishi anʼanaviy materiallardan — plastik, alyuminiy, yogʻoch va boshqalardan tayyorlangan idishlar bilan taqqoslanmaydi. Baʼzi tadqiqotchilar kelajakda idishlar va oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun biologik parchalanadigan isteʼmol qilish mumkin boʻlgan materiallardan, yani sabzavotlar, mevalar, kraxmal, un mahsulotlari, dengiz oʻtlaridan foydalanishni taxmin qilishmoqda.

Amalga oshirilayotgan misollar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz