Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Oʻzbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Iste'molchilar huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi
Iste'molchi huquq va manfaatlarining ustuvorligi mamlakatning asosiy qonunida ko'rsatilgan:
"Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi." O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 53-modda.[1]
Tarixi
2019-yilning sentabriga qadar iste’molchilarni himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining shu nomdagi boshqarmasida amalga oshirildi. Ammo bu sohada hal qilinadigan maqsad va vazifalar ko‘lami, tovar va xizmatlar iste’molchilaridan aylanmalar hajmi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organini yaratishni talab etardi.
2019-yil 11-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5817-son Farmoniga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi.
Agentlik tuzilmasi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tuzilmasi Toshkent shahridagi markaziy apparati va respublikaning 14 ta viloyatidagi (shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri) hududiy boshqarmalaridan iborat.
Agentlik vazifalari
Agentlikka bir qator vazifalar yuklangan. Ular orasida:
Agentlik vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘z vakolatlari doirasida:
Iste'molchilar huqularini himoya qilish
Аgentlik ish reja va boshqa idoralar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida turli soha va yo‘nalishlarda tizimli ravishda oʼrganish va tahlillar oʼtkazadi.
2022-yilda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarining 40,1 foizi uy-joy kommunal, xizmat ko'rsatish, qurilish va transport sohasi, 37,4 foizi savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasi, 17,2 foizi ijtimoiy va moliya xizmatlar, shuningdek aloqa xizmatlari sohasi, 5,3 foizi esa reklama munosabatlari va boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.
2022-yilda kelib tushgan 25 mingdan ziyod murojaatlarni ko'rib chiqilishi va o'tkazilgan 257 ta tizimli o‘rganishlar natijasida 2,1 million iste'molchilarning huquqlari tiklanishiga hamda ularga 60,6 milliard so‘m (5,5 million AQSH dollari) qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha Agentlik tadbirkorlik subyektlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi. Tadbirkor tomonidan Agentlik ko‘rsatmalariga rioya qilmagan hollarda, keyingi majburiy bosqich sud bo‘lib, Agentlik dastlabki to'lov sifatida to'langan mablag'larni iste'molchilarga qaytarish bo'yicha da'vogar sifatida ishtirok etadi.
Iste'molchilarning arizalarini ko'rib chiqish tartibi
Birinchi bosqich Agentlik iste'molchilarning murojaatlarini qabul qiladi:
Ikkinchi bosqich Uchinchi bosqich Iste'molchilar huquqlarini tiklash maqsadida Agentlik qarorining sud tartibida bajarilishini tashkil etish.
"Sifat nazorati"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4887-son Farmonida chakana savdo shoxobchalaridagi iste'mol tovarlarini sinovdan o'tkazish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekspertizasi (laboratoriya sinovlari) o'tkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi belgilangan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va ushbu yo‘nalishda davlat organlari hamda tashkilotlari hamkorligini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 59-son qarori bilan mazkur tartib tasdiqlangan.
Mazkur vazifani amalga oshirish doirasida Agentlikka chakana savdo shoxobchalarida tovar va xizmatlarni sinovdan o‘tkazish va xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish, ularning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazishni (sinovini) tashkil etish huquqi berildi. Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar consumer.gov.uz agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Bugungi kunda Agentlik asosan oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi bilan shug‘ullanadi, biroq boshqa davlat organlari talabiga ko‘ra boshqa ekspertizalarni ham o‘tkazadi.
Tovar va xizmatlar iste'mol bozorini o'rganish
Prezidentning 5817-sonli farmoniga muvofiq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga iste’mol bozorini, narx dinamikasini va tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini shakllantirish mexanizmlarini o‘rganish vazifasi ham yuklangan.
Agentlikning hududiy boshqarmalari xodimlari joylarda har o‘n kunda bir marta o‘simlik yog‘i, un, shakar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yuvish vositalari va shaxsiy gigiyena vositalari kabi 35 dan ortiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari monitoringi (o‘rganishlarni) amalga oshiradi. Mazkur tadbirlar doirasida mazkur tovarlarning ishlab chiqaruvchidan to yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan harakatlanishi ham o‘rganilmoqda. Monitoring natijalariga ko'ra, taklifni ko'paytirish asosida narxlarni barqarorlashtirish, vositachilik tashkilotlarini chetlab o'tgan to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berishni tashkil etish bo'yicha takliflar kiritiladi (masalan, yarmarkalar).
Reklama bozorini tartibga solish
Agentlik tomonidan mahalliy reklamaning qonun talablariga muvofiqligi, ularning buzilishi (reklamadagi noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar) iste’molchilarni chalg‘itishga olib kelishi yuzasidan muntazam monitoringlar olib boriladi.
2022-yilda Agentlik tomonidan insofsiz raqobat va adolatsiz reklamaning oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan. 66 mingdan ortiq o‘rganishlar o‘tkazilib, shundan 19 mingdan ortiq holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Normаtiv-huquqiy bаzаni tаkomillаshtirish
Agentlikning vazifalari qatorida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish ham joy olgan.
Normativ-huquqiy hujjatlarning iste’molchilarga ta’sirini baholash maqsadida Agentlik tomonidan amaldagi hujjatlar inventarizatsiyasi o‘tkaziladi va hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, Agentlik tomonidan tovarlarni nazorat qilish va ekspertizadan o‘tkazish, farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning iste’molchilarga ta’sirini baholashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi
Agentlik 2020-yilda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturining 88 bandi) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mas’ul organlardan biri etib tayinlandi.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, Agentlik tomonidan iste’molchilar huquqlarining xalqaro miqyosda tan olingan normalarini o‘z ichiga olgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
2021-yil noyabr oyida Senat “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o‘zgartishlarni ma’qulladi.
Qonunda sotuvchining javobgarligini oshirish va xaridorning huquqlari, jumladan, moddiy zararni qoplash huquqi ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar masofaviy savdo va masofaviy xizmatlar ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatli davlat organi sifatidagi huquq va vakolatlari qonun bilan mustahkamlandi.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan.
Yangi qonun reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasida qator talablarni belgilab beradi. Reklama sohasidagi davlat tomonidan tartibga solishning vakolatli organi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hisoblanadi, shuningdek, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining reklama sohasini tartibga solish bo‘yicha vakolatlarini belgilaydi.
Iste'molchilarning savodxonligini oshirish
Agentlikning yana bir vazifasi yoshlarga alohida e’tibor qaratgan holda aholining iste’mol savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etishdan iborat.
Agentlik oqilona iste'mol qilish, moliyaviy savodxonlik va bolalar uchun turli xil iste'molchi savodxonligi dasturlari kabi turli mavzularda axborot kampaniyalarini o'tkazadi.
2022-yilda aholi va tadbirkorlik subyektlarining isteʼmol madaniyati hamda huquqiy bilimini oshirish boʻyicha 550 ga yaqin tadbirlar tashkil qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali turli mavzularda 4300 ga yaqin chiqishlar, material hamda huquqiy axborot joylashtirilgan, shuningdek, isteʼmolchi va tadbirkorlarga 26 mingdan ortiq tarqatma materiallar tarqatilgan.
Xalqaro hamkorlik
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasida xorijiy davlatlarning davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshiradi.
2020-yil 24-avgust - Agentlik MDHga aʼzo mamlakatlarning isteʼmolchilar huquqini himoya qilish boʻyicha maslahat kengashining toʻliq aʼzosi boʻldi.
2021-yil 29-iyun – Koreya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Agentlik o‘rtasida kelajakdagi qo‘shma tadbirlarni belgilovchi masofadan turib o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
2021-yil 21-dekabr – Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation va Agentlik o‘rtasida moliya sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi hamda sohada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv fondini tashkil etish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonnoma imzolandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org