Istaravshan (futbol klubi)
FK Istaravshan (forscha: باشگاه فوتبال استروشن) — Istaravshan shahrida joylashgan tojikistonlik professional futbol klubi boʻlib, Tojikiston Oliy ligasida ishtirok etadi. Klub 2013-yilda professional faoliyati toʻxtatilgan, ammo keyinchalik 2019-yilda qayta faoliyat boshlagan.
Tarixi
2004-yilda „Oʻroteppa“ nomi bilan Tojikiston kubogi finalida „Parvoz Bobojon Gʻofurov“ klubiga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlib 2-oʻrin sohibi, Tojikiston ligasida esa 6-oʻrinni egalladi.
2012-yilda klub stadioni 3 million dollarga rekonstruksiya qilindi va uning sigʻimi 20 000 oʻringa koʻtarildi. Istaravshan sport majmuasi 2012-yil 27-oktabr kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan rasman qayta ochilgan edi.
2013-yilgi mavsum yakunida moliyaviy muammolar tufayli „Istaravshan“ oʻz faoliyatini toʻxtatdi, uning oʻrniga Tojikiston ligasida „Daleron-Oʻrotepa“ FK oʻynadi.
2019-yil 14-mart kuni Toxirjon Moʻminov Istaravshan boshqaruvchisi etib tayinlandi va klub qayta jonlanishiga turtki boʻldi.
Nomlar tarixi
Ichki tarix
Hozirgi tarkib
7 August 2022[3]
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org