ISTANBUL UNIVERSITETI
ISTANBUL UNIVERSITETI Turkiyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1453 yil tashkil etilgan, 20-asrgacha oliy musulmon maktabi bo’lgan. Turkiya Respublikasi e’lon qilingach (1923), qayta tashkil etilgan (1933; 1946) va dunyoviy oliy o’quv yurtiga aylangan. Filologiya, huquqshunoslik, iqtisod, o’rmonchilik, tibbiyot, dorishunoslik, kimyo va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz