Istanbul Topkapi Universiteti




Istanbul Topkapi Universiteti (eski nomi Istanbul Ayvansaray Universiteti) Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan fond universitetidir. Vazirlar Kengashining 2009-yil 21-apreldagi qarori bilan Platon kasb-hunar maktabi nomi ostida 4 ta boʻlim biln tashkil etilgan. 2016-yilning noyabr oyida Ayvansaray Taʼlim Jamgʻarmasi tomonidan Istanbul Ayvansaray Universiteti tashkil etildi va Platon kasb-hunar maktabi Universitet tarkibiga kiritildi. 2016-yildan 60 dan ortiq yoʻnalishda ta’limni davom ettirgan Istanbul Ayvansaray Universiteti talabalar tomonidan eng ko’p tanlanadigan universitetlar qatoriga kirdi.

Tarix



2009-yilda direktor Sinan Chetin hamda bir guruh ishbilarmon va akademiklar tomonidan Platon kasb-hunar maktabiga asos solindi. Keyinchalik 2016-yili Istanbul Ayvansaray Universiteti tarkibiga oʻtkazilgan. Sinan Chetin dastlabki davrda vasiylik kengashi raisi edi. Koʻp oʻtmay uning oʻrnini Tolga Yazıcı egalladi.

2019-yil oxirida Nihat Qizil Tolga Yazıcıdan vasiylik kengashi raisligini qabul qilib oldi va u bugungi kunda ham kengash raisi.

Universitet nomi 2022-yilda Istanbul Ayvansaray Universiteti nomidan Istanbul Topkapi universiteti ga oʻzgartirildi. Dastlab ta’lim faoliyatini birgina bino bilan boshlagan universitet hozzirda 5 ta kampus va 100000 m² maydon bilan oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ayni paytda universitet 25 ta magistratura va doktorantura, 35 ta bakalavriat, 56 ta aspirantura yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berib kelmoqda. Istanbul Topkapi Universiteti fanlararo dasturlari, tajribali akademik xodimlari va zamon talablariga javob beradigan texnologiyalari bilan sifatli taʼlim berishni oʻz oldiga maqsad qilgan.

Akademik birliklar



Fakultetlar

Kampuslar




Havolalar



Rasmiy sayt

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz