ISSIQLIK DVIGATELI



ISSIQLIK DVIGATELI – issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylantiriladigan qurilma. Birlamchi dvigatellar ichida Issiqlik dvigateli eng katta guruhni tashkil etadi. Issiqlik dvigatelida kimyoviy yoki yadro yoqilg’isi ko’rinishidagi tabiiy energetik resursdan foydalaniladi. Issiqlik dvigatelining porshenli, rotorli va reaktiv xillari bor. Ular ichki yonuv dvigatellariga va tashki yonuv dvigatellari ga ham bo’linadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz