Issiq-koʻl (tuman)
Issiq-koʻl tumani (qirgʻizcha: Ысык-Көл району) - Qirgʻiziston Respublikasining Issiq-koʻl viloyatidagi tuman.
Markazi - Choʻlpon-Ota.
Tarixi
Issiq-koʻl tumani 1962 yilda Baliqchi, Issiq-koʻl rayonlarining birlashishi natiyjasida tuzilgan.
Geografiyasi
Tuman Issiq-koʻl vohasining, Kungay Olatogʻning janubiy boʻligini egallaydi. Maydoning tuzilishi boʻyicha togʻlik va tekkisliklardan iborat. Tumanning koʻpgina qismini Issiq-koʻl qirgʻoqlari va togʻlar yon bagʻridagi adirlar egallaydi. Togʻlarning oʻrtacha balandligi 1700-2000 metrni tashkil qiladi. Eng baland nuqta Chok-Tal choʻqqisi boʻlib, uning balandligi 4771 metrni tashkil qiladi.
Aholisi
2009 yilgi Qirgʻiziston aholisining roʻyxatga olish natijasiga koʻra, tumanda 75533 kishi istiqomat qiladi.
Tumanda asosan qirgʻizlar istiqomat qiladi, 63580 kishi (yoki 84,2 %), ruslar — 8777 kishi yoki 11,6 %, qozoqlar — 1715 kishi yoki 2,3 %, oʻzbeklar — 237 kishi yoki 0,3 %, tatarlar — 231 kishi yoki 0,3 %, ukrainlar — 229 kishi yoki 0,3 %, uygʻurlar — 149 kishi yoki 0,2 %, olmonlar — 146 kishi yoki 0,2 %.
Aholining koʻpchiligi asosan Issiq-koʻlning qirgʻoqlariga joylashgan.
Aholi punktlari
Issiq-koʻl tumani tarkibiga 12 ovul okrugi va 30 ovul (qishloq), 1 shahar kiradi:
Gallereya
Manbalar
uz.wikipedia.org