Isroiljon Shamshiddinov




Isroiljon Turgʻunovich Shamshiddinov (1961-yil 13-may, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2017), professor (2019).

Biografiyasi



Isroiljon Shamshiddinov 1961-yil 13-may Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1978—1983-yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. 1983—1986-yillarda Uchqo‘rg‘on tumani 1-o‘rta maktab o‘qituvchisi, 1986—1987-yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali kichik ilmiy xodimi, 1988—1990-yillarda Namangan davlat pedagogika instituti qoshidagi olisdan kuzatish tarmoq ilmiy-tekshirish laboratoriyasi ilmiy xodimi, 1990—1991-yillarda Toshkent mashinasozlik instituti Namangan filiali umumiy kimyo kafedrasi laboratoriya mudiri, 1991—1992-yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti umumiy kimyo kafedrasi katta ilmiy xodimi, 1992—1995-yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti umumiy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1995—1997-yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti, 1997—1998-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti ekologiya va kimyo kafedrasi dotsenti, 1998—2002-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kimyoviy texnologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, 2002—2004- yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kimyoviy texnologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti, 2004—2008-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, 2008—2009-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, 2009—2018-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya) kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi professori

Ilmiy faoliyati



Isroiljon Shamshiddinov 315 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 16 ta ixtiro uchun patentlar, 5 ta monografiya va kimyoviy texnologiya yo‘nalishining ixtisoslik fanlaridan 10 ta o‘quv adabiyoti muallifi. 1994-yilda nomzodlik, 2017-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-yilda dotsent va 2019-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.

Mukofoti




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz