Isroil–Hamas urushi
Isroil–Hamas urushi – 2023-yilning 7-oktyabrida Hamas boshchiligidagi falastin jangari guruhlari kutilmaganda Isroilga muvofiqlashtirilgan hujum uyushtirganidan keyin boshlangan harbiy toʻqnashuvsodir boʻldi. Hujum ertalab Hamas boshqaruvidagi Gʻazo sektoridan Isroilga kamida 5 000 ta raketa otilishi bilan boshlandi. Parallel ravishda taqriban 2 500 nafar falastinlik jangarilar Gʻazo–Isroil toʻsigʻidan oʻtib, qoʻshni Isroil hududlarida tinch aholi vakillarini qirgʻin qildi. Natijada kamida 1 400 nafar isroillik nobud boʻldi, jumladan, "Reʼim" musiqa festivalining 260 nafar ishtirokchisi. Qurollanmagan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar hamda qoʻlga olingan Isroil askarlari Gʻazo sektoriga olib ketildi. Isroil bunga javoban havo zarbalarini bera boshladi va oradan bir kun oʻtib Hamasga rasman urush eʼlon qildi. Hamas hujumlarini sukkot yahudiy bayrami yakunida, 1973-yilda Yom Kippur urushi boshlanganiga roppa-rosa 50 yil toʻlgan kunda boshladi.
Hamasning hujumi
2023-yilning 7-oktyabr kuni tongda Falastinning Hamas guruhi jangchilari Gʻazo sektoridan Isroil tomonga kutilmagan hujumini uyushtirdi. 20 daqiqa ichida Isroilga Gʻazodan 5 000 dan ortiq raketalar otildi. Isroil ommaviy axborot vositalari Gʻazodan kamida 2200 ta snaryad otilganini xabar qilishdi. Hamas harakati harbiy qanoti qoʻmondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi va buning nomini Al-Aqso toʻfoni (arabcha: عملية طوفان الأقصى) deya nomladi. Gʻazo sektoriga tutash hududlar va Sharon tekisligidagi shaharlarda, shuningdek Gedera, Gerzliyo, Tel-Aviv va Ashklon shaharlarda portlashlar qayd etildi.
Isroilning javobi
Yahudiylarning Sukkot (ivritcha: סוכות) bayramiga toʻgʻri kelgan hujum isroilliklar uchun kutilmagan holat boʻldi
„Temir gumbaz“ havo hujumidan mudofaa qilish tizimi ishga tushirildi. Bosh vazir Benjamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) shtabida xavfsizlikni taʼminladi. Keyinchalik Gallant armiyaning oʻn minglab zahiradagi askarlarini safarbar qilishni maʼqulladi va Gʻazo chegarasidan 80 kilometr (50 mil) radiusda favqulodda holat eʼlon qildi.
Xalqaro reaksiya
Manbalar
uz.wikipedia.org