Isroil–Falastin mojarolari xronologiyasi (2021)
Quyida 2021-yildagi Terroristik Isroil va Falastin mojarosilari xronologiyasi keltirilgan.
May
6-may
Soʻnggi haftalarda Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda koʻtarilgan keskinliklar tasdiqlandi. 16 yoshli Saeed Yusuf Muhammad Oudeh, falastinlik oʻspirin Isroil Mudofaa kuchlari bilan toʻqnashuvda oʻldirilgan va yana bir ayol Isroil qoʻshinlariga pichoq bilan hujum qilishda gumon qilinib oʻldirilgan.
7-may
Falastinliklar Isroil Oliy sudi tomonidan chiqarilgan Sheikh Jarrahdagi (Sharqiy Quddusda joylashgan) falastinliklarning koʻchirilishi toʻgʻrisidagi qarori natijasida Quddusda norozilik va tartibsizliklarni boshladilar.
10-may
Minglab falastinliklar Quddus kuni arafasida Quddus muqaddas tepaliklariga toshlar va qoʻlbola qurollar bilan toʻplanishdi, oqibatda politsiya yahudiylarning u yerga borishini taqiqladi. Bu esa oʻz navbatida Maʼbad togʻi yonida Isroil politsiyasi va falastinliklar oʻrtasidagi janglarni keltirib chiqardi. Yuzlab odamlar jarohat olishdi. Falastinliklar tartibsizlik bilan toshlarni uloqtirishi natijasida politsiya bino ichiga kirib keldi. Isroil-Falastin harbiy aloqalari boʻyicha mas’ul general-mayor Ghassan Alian musulmonlar va Isroil politsiyasi toʻqnashuvlari davomida „Isroil Quddusda barcha eʼtiqoddagi insonlar uchun teng erkinliklar yaratmoqchi“, deb Isroil va Gʻazo sektori orasidagi keskinlikni yumshatishga urindi.
HAMAS jangari guruhi vakili Sami Abu Zuhri Maʼbad togʻida boʻlib oʻtgan Isroil politsiyasi va falastinlik isyonchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvni „bu haqiqiy qirgʻin va harbiy jinoyatdir“ deb izohladi .
Falastinliklar eski shahar tashqarisida bir yahudiyning mashinasiga tosh va qoʻlbola qurollarni otib uni YTH sodir etishga majbur qilishdi va mashina kabinasidan sudrab olib chiqmoqchi boʻlishdi. Yaqin atrofda boʻlgan politsiya xodimi voqea joyiga yugurib kelib haydovchi va yengil jarohat olgan yoʻlovchini himoya qildi. Haydovchi va yoʻlovchi davolanish uchun Quddusdagi Hadassah tibbiy markaziga yetkazildi.
Ertalab Isroil politsiyasi bilan toʻqnashuvlar oqibatida 278 dan ortiq falastinlik yaralangan. Isroil politsiyasi kamida 12 politsiyachi jarohat olganini aytdi. Bundan tashqari, Isroil tinch aholisi, shu jumladan yetti oylik chaqaloq Eski shahar yaqinidagi mashinalarga otilgan toshlardan jarohat olishgan. Toʻqnashuvlar paytida jami 305 nafar falastinlik yaralangan, 7 nafari ogʻir ahvolda.
Isroil mudofaa kuchlari zoʻravonlik avj olishidan xavotirlanib, Gʻazo boʻlinmasiga qoʻshimcha kuchlarni yubordi. Keskinlik kechqurun boshlandi va tunda davom etdi, yuzlab raketalar va minomyotlar otildi. Isroil mudofaa kuchlari tunda Gʻazo sektoridan Isroil tomon qariyb 200 raketa otilganini, shulardan oʻnlab raketalarni „Temir gumbaz“ raketaga qarshi mudofaa tizimi zararsizlantirganini aytdi. Isroil Mudofaa Kuchlari taxminan 130 ta nishonga, shu jumladan, HAMASning yuqori mansabli qoʻmondonining uyi, HAMAS razvedka shtabi, xavfsizlik toʻsigʻi yaqinida joylashgan, raketalarni ishlab chiqaradigan va saqlanadigan ikkita hujum tunneliga javob zarbalarini berdi.
11-may
Isroil boʻylab, asosan arablar yashaydigan shaharlarda keng norozilik va gʻalayonlar kuchaydi. Lod meri Yair Revivio shaharda „boshqaruv butunlay yoʻqolgan“ini, uchta sinagog va oʻnlab mashinalar yonib ketgani va zoʻravonliklar ortib borayotganini vaj qilib, shahardagi holatni „deyarli fuqarolar urushi“ deb atadi hamda chegara qoʻshinlari boʻlinmalarini ichki tartibni saqlashga jalb qilishini soʻrab Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga murojaat qildi. Netanyaxu Lod shahrida favqulodda holat eʼlon qildi, bu Lodda 1966-yildan beri arablar jamoatiga qarshi favqulodda kuchlarni ishga solishdir. Jamoat xavfsizligi vaziri Amir Ohana favqulodda holat buyrugʻini bajardi.
Toʻqnashuvlar oqibatida eng kami ikki kishi ogʻir jarohat oldi (bir kishi tosh tegishidan).
Isroilning shimolida joylashgan Akko shahrida bir restoranga oʻt qoʻyilishi oqibatida 84 yoshli inson jiddiy jarohatlandi.
Politsiya xodimining soʻzlariga koʻra Ramla va Lod shaharlarida 25 ga yaqin kishi hibsga olingan. Umumiy hisobda esa Isroilning markaziy va shimoliy hududlarida 151 kishi hibsga olingan.
12-may
Gʻazodan uchirilgandan raketalarning 850 dan ortigʻi Isroil hududiga quladi va yana 200 tasi HAMAS qoʻl ostidagi anklavga kelib tushdi. Bir nechta raketalar Isroildagi binolar va avtoulovlarga toʻgʻridan-toʻgʻri urilib, besh isroillik halok boʻldi. Shulardan ikki kishi: kelib chiqishi arab millatiga mansub boʻlgan 52 yoshli Khalil Awad va uning 16 yoshli qizi Nadin Lod shahri yaqinida erta tong vaqti, avtomobillariga raketa kelib urilishi oqibatida halok boʻldilar.
Tankka qarshi boshqariladigan raketa Gʻazo sektorining shimoliy qismidan, anklavning shimolida joylashgan Netiv Haʼasara jamoatiga yaqin nishon tomon otildi. Magen David Adom tez yordam xizmati maʼlumotlariga koʻra, hujum natijasida uch kishi ogʻir jarohat olgan. Chegaradagi mashinaga ham raketa kelib urilgan. Times of Israel gazetasining yozishicha, HAMAS hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan. Isroil mudofaa kuchlari ushbu hujum natijasida Nahal piyoda brigadasi askari shtab-serjant, 21 yoshli Omer Tabib halok boʻlganini tasdiqladi. Isroil mudofaa kuchlari hafta oxirigacha Isroilning markaziy va janubiy qismida barcha maktablar yopilishi haqida eʼlon qildi.
5 yoshli Ido Avigal oʻz uyida Sderotda HAMAS tomonidan otilgan raketa zarbasi oqibatida oʻldirilgan.
Lodda yahudiy bir odam otib oʻldirilgan va ikki yahudiy arablar tomonidan pichoqlangan. Xuddi shu payt Tamra shahrida bir yahudiy arablar hujumiga uchradi. Akrda yahudiy erkak arablar hujumiga uchrab ogʻir tan jarohati oldi.
13-may
Xamas raketa hujumlari qurbonlari 63 yoshli Liya Yom Tov; 52 yoshli Xalil Avad va uning qizi 16 yoshli Nadin; Soumya Santosh, 30 yosh; 80 yoshli Nella Gurevits; Omer Tabib, 21 yosh; va Ido Avigal, 5 yosh. Isroil Gʻazo sektoriga quruqlik orqali bostirib kirish uchun taxminan 9000 zaxiradagi harbiylarni safarbar qildi. Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi HAMAS harbiy razvedka xizmatlari joylashgan binoga harbiy samolyotlar bilan zarba berdi. Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorining shimolidan Isroil tomon tankka qarshi boshqariladigan raketani otayotgan HAMAS hujumchilariga zarba berdi. Isroil politsiyasining Shimoliy okrugi tasdiqlashicha, kechasi 82 kish hibsga olingan, toʻqnashuvlar boshlanganidan beri hibsga olishlar soni 232 kishini tashkil etadi, ular orasida 13-14 yoshli bolalar ham bor. Hibsga olinganlar tartibsizlik, oʻt qoʻyish va tosh otish kabi ayblar bilan gumonlanyaptilar. 21 yoshli Shtab serjant Omer Tabibning dafn marosimi. tugʻilgan shahri Elyakimdagi harbiy qabristonda oʻtkazildi. Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorining shimolidan Isroil tomon tankka qarshi boshqariladigan raketalar otayotgan HAMAS hujumchilariga ikkinchi marta zarba berdi. Lodda bir yahudiy pichoqlandi, ikki yahudiy otib oʻldirildi. Yaffada Isroil askari jangari arablar tomonidan hujumga uchragan va ogʻir ahvolda tashlab ketilgan. Isroil mudofaa kuchlari shimoliy Gʻazo sektoridan Isroil tomon tankka qarshi boshqariladigan raketalarni otgan HAMAS bazasiga zarbalar berdi. HAMAS tomonidan 100 dan ortiq raketalar markaziy Isroil tomon uchirildi. Isroil mudofaa kuchlari soʻnggi Isroil tomon uchirilgan 100 dan ortiq raketalarni hisobga olmaganda, HAMAS tomonidan 2021-yil 10-maydan beri jami 1369 ta raketa uchirilganligini tasdiqladilar. HAMAS, barcha reyslar yoʻnaltirilgan Eylat yaqinidagi Hevel Eylot mintaqasidagi Ramon aeroportiga raketa otdi. Bu raketa HAMAS tomonidan Isroil tomonga otilgan eng uzoq masofaga uchgan snaryaddir. Raketa 250 km masofani bosib oʻtib, Isroil hududiga yetib bordi. HAMAS Gʻazodan Isroilning janubiga bir qator qurollangan uchuvchisiz samolyotlarni uchirdi. Ulardan biri ochiq maydonga tushgan, hech qanday shikast yetkazmagan va zarar koʻrmagan. samolyot politsiya sapyori tomonidan qurolsizlantirildi. Livan janubidan Isroil tomon uchta raketa otildi.
14-may
Isroil Gʻazoga artilleriya otishmalari va havo hujumlarini boshladi, Isroil mudofaa kuchlari tomonidan berilgan bayonotga koʻra, hujumdan maqsad HAMAS foydalangan tunnel majmualarini yoʻq qilish va Gʻazo sektoridan oʻt ochishni toʻxtatishga urinishdir.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org