Isroil ayollar ligasi




Isroil ayollar ligasi (yahudiy tilida: ליגת נשים, talaffuzda Ligat Nashim, yaʼni Ayollar ligasi) — Isroil ayollar futbolining ikkin diviziyadan iborat ligasi. Isroil ayollar ligasi 1998-yildan beri Isroil futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi.

Formati



Isroil ayollar ligasi ikki diviziyaga boʻlingan. Ular: yuqori diviziya Ayollar Premier-ligasi (Ligat Nashim Rishona) 9 jamoadan iborat „Birinchi ayollar ligasi“ va Ayollar Leumit ligasi (Ligat Nashim Shniya) deb nomlangan „Ikkinchi ayollar ligasi“. „Ikkinchi ayollar ligasi“ roʻyxatdan oʻtuvchilar soniga qarab oʻzgaruvchan sonli jamoalarni oʻz ichiga oladi. 2015-yilda Isroil ayollar ligasida uchinchi diviziya yaratildi. Bu diviziya dastlab Mama-Fut ligasi (maʼnosi: onalar uchun futbol ligasi) deb nomlandi va 2016-yilda 3-diviziya nomi Ayollar Artzit ligasiga oʻzgartirildi. Uchinchi diviziya (noprofessional) kichikroq maydonlarda, har biri 15 daqiqadan ikki boʻlimda va cheksiz almashtirishlar bilan oʻtkaziladi. Uchinchi diviziya noprofessional boʻlganligi uchun. 3-diviziya gʻolibi ikkinchi diviziyaga chiqmaydi.

2007-2008 va 2010-2011-yillar oraligʻida Isroil ayollar ligasi 12 jamoadan iborat bir diviziyadan iborat boʻlib, davraviy (uy va safar oʻyinlaridan iborat) turnirda eng koʻp ochkoni qoʻlga kiritgan klub chempionlikni ham qoʻlga kiritdi, agar ikki jamoa ochkolari teng boʻlib qolsa, gʻolibni hal qiluvchi pley-off oʻyini aniqlab beradi. 2010-2011-yillarda Isroil ayollar ligasi 2006-2007-yillarda mavjud boʻlgan ikkinchi diviziyali tizimni qaytadan qabul qildi.

2011-yildan boshlab Isroil ayollar ligasida ishtirokchi klublar birinchi navbatda anʼanaviy davra oʻyinlari boʻyicha oʻynashdi, soʻngra toʻrtta eng yaxshi jamoalar oʻrtasidagi chempionat pley-offida oʻzaro ikki marta toʻqnash kelishadi. Yakuniga koʻra, birinchi oʻrinni egallagan jamoa Isroil ayollar ligasida gʻolib chiqardi va UEFA ayollar chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritardi. Past natija koʻrsatgan jamoalar quyi ligaga tushib qolmaslik uchun bir martadan o‘zaro o‘ynashadi, eng quyida joylashgan klub esa ikkinchi ligaga tushib ketadi. Ikkinchi diviziya ikki davrali tizimda oʻtkaziladi, har bir jamoa oʻz raqiblari bilan toʻrt marta oʻynaydi, top klub esa yuqori diviziyaga chiqadi.

Isroil ayollar ligasi chempion jamoalari roʻyxati



Isroil ayollar ligasi 1998-yil oxirida tashkil etilgan va 1998-yil oktyabr oyidan jamoalar oʻynay boshlagan.

Isroil ayollar ligasi chempion jamoalari reytingi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz