Isro surasi




Isro surasi (arabcha: سورة الإسراء, nomining maʼnosi — Tungi sayr[9][10]) — Qurʼonning 17-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 282–293-sahifasida va 15-juzida joylashgan. 50-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi



Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi eʼtiqod, Alloh taoloning yakka-yolgʻizligi, qayta tirilish aniq maʼlumligi borasida soʻz ketsa-da, undagi eng asosiy jihat paygʻambar Muhammad alayhis-salomning shaxsiyatlari va u zotga Alloh tomonidan ato etilgan moʻʻjizalar taʼrif-tavsifidir. Bu sura Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga koʻrsatgan «sayr» moʻʻjizasi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shu boisdan, suraning nomi «Al-isro» — «Tungi sayr» deb atalgandir.

Bu surada Bani Isroil qavmi xususida ham soʻz yuritilib, ularning tugʻyon va isyonlari
hamda oxirat-oqibat topajak musibatlari haqida xabar beriladi. Shuning uchun ayrim
ulamolar uni “Bani Isroil” surasi deb ataydilar.

Bu sura moʻminlarga yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishdan keyingi eng zarur amal
ota-onaga yaxshilik qilish, ularning huzurida taʼzim-tavozuʼ bilan turish, buyurgan
ishlarini quloq qoqmay bajarish ekanini uqtiradi. Yana bu surada borliqdagi jonli-jonsiz
barcha mavjudot oʻz vujudlari, oʻzaro bogʻlanishlari va bir tartib-intizomga soʻzsiz
boʻyinsunishlari bilan ularni yaratgan ham, boshqarib turgan ham yolgʻiz Alloh taolo
ekanligiga dalolat qilib turishi taʼkidlanadi.

Manbalar




ISRO SURASI

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz