Israel Hershberg




Israel Hershberg (ivritcha: ישראל הרשברג; 1948-yilda tugʻilgan) – Quddusda yashab, faoliyat yuritadigan rassom. Shuningdek, Quddus studiya maktabining direktori va asoschisi.

Biografiyasi



Isroil Hershberg 1948-yili Avstriyaning Lints shahrida tugʻilgan. Ota-onasi bilan 1949-yili Isroilga, 1958-yilda Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtadi. U yerda 1966-yildan 1968-yilgacha Bruklindagi Bruklin muzey maktabida oʻqigan. 1972-yili Bruklin, Nyu-York, Pratt institutida tasviriy sanʼat boʻyicha bakalavrni bitiradi. 1973-yilda Nyu-York shtatidagi Albani, Nyu-York shtati universitetida tasviriy sanʼat magistri darajasini olgan. 1973-yildan 1984-yilgacha Merilend instituti sanʼat kollejida rasm va chizmachilikdan, 1984-yilda esa Nyu-York sanʼat akademiyasida dars bergan. U oʻsha yili turmush oʻrtogʻi bilan birga Isroilga koʻchib oʻtadi.

Faoliyati



Hershberg 1998-yilda Quddus studiya maktabiga asos solgan. Quddusning Talpiot mahallasida joylashgan xususiy sanʼat maktabi boʻlib, unda tasviriy sanʼat anʼanalari doirasida rasm chizish va boʻyash boʻyicha intensiv treninglarini tashkil qilgan. Bu maktab Isroildagi qadimgi ustalar anʼanalarini kuzatish asosida realistik rasm chizishni oʻrgatuvchi birinchi maktab boʻlgan . Hershberg maktabning „master-klass“ dasturini boshqarib, JSS badiiy rahbari boʻlgan.

U 2014-yilda Civitadagi JSS – yozgi sanʼat maktabida, keyin Italiyadagi rezidentlik va Civita Castellana yozgi sanʼat dasturiga asos soladi.
Gershbergning fikricha, haqiqiy rassom uchun „haqiqat – bu tuganmas zavq, koʻzlarga cheksiz quvonch bagʻishlaydi“. U Albert Yorkning: „Menimcha, biz jannatda yashaymiz. . . . Bu Edenning bogʻidir“, – deb aytgan soʻzlaridan iqtibos keltiradi.

Hershbergning ijodiy ishi xalqaro miqyosda shaxsiy va davlat kolleksiyalariga kiritilgan. U Nyu-Yorkdagi Marlboro galereyasi vakili hisoblanib, Isroilning Quddus shahrida istiqomat qiladi.

Mukofotlari



Israel Hershberg 1980-yilda Ford fondi stipendiyasi sohibi boʻlgan. 1991-yili Isroil sanʼati uchun Sandberg mukofotini, 1998-yilda Isroil sanʼati uchun Tel-Aviv muzeyi mukofotiga sazovor boʻladi. Uning ijodiy ishlari Quddusdagi Isroil muzeyi, Tel-Aviv sanʼat muzeyi, Nyu-York shahridagi yahudiy muzeyi va Ottavadagi Kanada milliy galereyasi tomonidan sotib olingan.

Galereyasi




Manbalar




Qoʻshimcha adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz