Ispolin olxo‘risi




Ispolin olxoʻrisi , Vengerka, Jaynet Pryun — serhosil olxoʻri navi. AQSH (Kaliforniya)da chiqarilgan (L. Berbank). Daraxti baland, sershox. Bargi yirik, gullari yirik, oq. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (40—50 g), toʻq kizil, tuxumsimon, choʻziq. Eti tigʻiz, mazasi yoqimli, nordonroq, xushxoʻr, danagidan oson ajraladi. Tarkibida 17,4—25,5% quruq modda, 10,3—14,3% qand, kislota, karotin, S vitamini bor. Avg . oxirida pishadi. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati ekilgandan soʻng 4-yili hosilga kiradi. Bir tupi 100 kg gacha meva beradi. 30 yilgacha yaxshi hosil qiladi. Sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chi-damli nav. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz