Ispaysoy
Ispaysoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmogi. Piskom tizmasining shim-gʻarbiy yon bagridan (2400 m balandlikdan) boshlanadi. Uz. 13 km, suv toʻplash mayd. 73 km. Toldarsoy irmogʻining quyilish joyiga qadar I. kengligi 15-40 m, qirgʻoqlari baland va tik, dara shaklidagi vodiyda oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2,4 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 33 l/sek km. Martdan suvi kupaya boshlaydi, eng katta suv sarfi may — iyunda kuzatiladi. Kuz — qishda suvi kamayadi. I.dan qisman Ispay qishlogʻi suv ichadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org