Ispaniya kubogi




Futbol boʻyicha Ispaniya kubogi (ispancha: Copa del Rey — Qirollik kubogi) — Ispaniya professional futbol klublari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan kubok turniridir.

Tarix



1902-yili keyinchalik Real Madrid klubi prezidenti boʻlgan ʻ’Karlos Padros’’ Alfonso XIII tantanali taxtga oʻtirish marosimiga toʻgʻrilab futbol musobaqasi tashkillashtirishni maslahat berdi. Madrid klubi tashabbusi ostida yana toʻrt ispan klubi musobaqaga chaqirildi. Bular: „Barselona“, „Espanyol“, „Biskaya“ birlashgan jamoasi va poytaxtning „Nyu Fut-Bol“ jamoalari edi. Birinchi turnir gʻolibi „Biskaya“ jamoasi boʻldi. Shundan boshlab Qirollik kubogi boshlandi.
1910-yilda Ispaniya klublari oʻrtasida parchalanish vujudga keldi. Oʻzaro adovat va keskinlik ikki futbol assosiyatsiyaga boʻlinishga olib keldi. Bular: Ispaniya futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol klublari uyushmasi edi. 1910-yildan 1913-yilgacha har bir assosiyatsiya oʻzining shaxsiy kubok musobaqalarini oʻtkazib tashkil qilib keldi.

1937-yilda Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanganligi uchun respublika provinsiyalarida Erkin Ispaniya Kubogi (ispancha: Copa de España Libre) deb nomlangan turnir oʻtkazdilar. Bu turnirdagi finalda ikki levantiya jamoalari roʻbaro kelishdi. „Levante“ „Valensiya“ ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu turnirning natijasi esa Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan 2007-yildagina rasman tan olindi.

Kubok sohiblari




Turnir tashkil etilgandan beri kubok 12 marta oʻzgartirilib, yangicha koʻrinishda ishlab chiqilgan. Undan toʻrttasi umrbod „Barselona“ga tegishli boʻlib, yana uchtadan „Atletiko Madrid“ va „Atletik Bilbao“larga tegishlidir. Va yana bitta kubokni „Real Madrid“ qoʻlga kiritgan. Kuboklar bu klublarga umrbod berilishi ketma-ket Qirollik kubogida gʻolib chiqqanligi yoki umumiy hisobda besh marta turnirda gʻolib chiqqanligi sabablidir. Birinchi kubok 1902-yili „Biskaya“ jamoasiga taqdim etilgan edi. „Sevilya“ klubi esa 1939-yilda birinchi bora ʻ’Generalissimus kubogi"ni qoʻlgan kiritgan, keyinchalik general Franko vafo etgandan soʻng, Madridning „Atletiko“ klubiga oxirgi 11-nchi Xeneralisimo kubogi topshirilgan.

Turnirning nomlanishi




Oʻyinlarni oʻtkazish formati



1928-yili Ispaniya futbol ligasi tashkil etilguncha, kubok musobaqalari milliy chempionat rolini egallardi. Jamoalar mahalliy va regional futbol birlashmalaridan tanlab olinardi. Ligani takomillashtirish asnosida bundanda qulay kvalifikatsion sxema ishlab chiqildi. Bunga koʻra, jamoalar guruh bosqichlaridan saralab olinardi.

Boshqalardan farqi, masalan, Angliyaning futbol assosiatsiyasining kubokidan farqi, Ispaniya turnirida qatnashuvchi jamoalar soni chegaralangan. Turnirda Primera (oliy divizion) jamoalarini barchasi, Segunda (ikkinchi divizion) jamoalarini barchasi, Segunda „B“ning eng yaxshi jamoalari va Terser (toʻrtinchi divizion) gʻoliblari ishtirok eta oladi.

Boshlangʻich bosqichda quyi divizionda ishtirok etayotgan jamoalar bilan yutqizgan musobaqani tark etish qoidasi boʻyicha oʻynaladi. Quyi diviziondagi jamoa uchun oʻz uyida oʻynash imtiyozi beriladi. 1/32 va 1/16 va chorak final va yarim final oʻyinlari ikkita: uyda va mehmondagi oʻyinlardan iborat boʻladi. Final bitta uchrashuvdan iborat boʻladi, oʻyin esa neytral stadionda oʻtkaziladi.

Azaldan (2004/05 mavsumigacha) saralash bahsidan to 1/8 finalgacha bitta oʻyin zaifroq jamoa maydonida oʻtkazilgan. 1/8, 1/4 finallar va yarim final esa ikkita oʻyindan iborat boʻlgan, final esa neytral maydonda oʻtkazilgan. Ammo 2005/06 mavsumidan boshlab Qirollik futbol federatsiyasi kvalifikatsiya tizimiga oʻzgartirish kiritdi. Bu esa quyi diviziondagi jamoalarni orasida katta norozilik keltirib chiqardi. Bunda buyon Segunda „B“ jamoalari oldin oʻz divizionlaridagi jamoalar bilan bir necha oʻyinlar oʻtkazib, keyin Segunda „A“ jamoalari bilan ham bir necha oʻyinlar oʻtkazishi va shundan soʻng, gʻolib jamoalar Primera jamoalari bilan oʻynash imkoniyatiga ega boʻladilar. Shunda ham ular oʻynaydigan Primera jamoalari Yevropa turnirlaridagi hech qanday musobaqada qatnashmaydiganlari bilan birga maydonga tushadilar. UEFA kubogi yoki Chempionlar Ligasida musobaqalari doirasida ishtirok etadigan jamoalarga esa imtiyoz sifatida 1/8 finalidan turnirga qoʻshilish imkoniyati berildi.

2006/07 mavsumida futbol federatsiyasi oʻyin tizimiga yana oʻzgartirish kiritdi. Bugalgisida Segunda „B“ jamoalari oʻzaro bir necha saralash oʻyinlari oʻtkazishi, keyin Segunda „A“ jamoalari bilan roʻbaro kelishi va 1/16 finalda yevromusobaqalarda qatnashishidan qatʼiy nazar, Primero jamoalari bilan kuch sinashadi deb belgilandi.

Qirollik kubogi sohibi avtomatik tarzda keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi(1999-yilga qadar kubok sohibi Kubok egalari kubogi musobaqasida qatnashib kelgan, 2009-yilgacha esa — UEFA kubogida).

Va yana kubok sohibi Ispaniya Superkubogi oʻyinida oʻynash huquqini qoʻlga kiritadi. Bu oʻyinda kubok sohibi mavsumdagi milliy chempionat gʻolibi bilan kuch sinashadi.

Gʻoliblar va Finalchilar




‡ Real Madridning rezerv klubi hisoblanadi. Rezerv klublarga 1990-91 mavumidan boshlab, bu turnirda ishtirok etish taʼqiqlab qoʻyilgan.

=== Finallar ===

Etimologiya



Real Madrid avvallari Madrid FC deb nomlangan, 1920-yilgacha Real qoʻshimchasi boʻlmagan. 1941-yilda general Franko qarori bilan noispan ismlarni ishlatishni taʼqiqlab qoʻydi. Shuning uchun FC Barcelona — CF Barcelonaga, Sevilla FC — Sevilla CFga, Athletic Bilbao esa Atlético Bilbao deb oʻzgartirilishga majbu boʻlindi. RCD Espanyol esa 1995-yilgacha RCD Español nomi ostida taniqli edi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz