Ispaniya ayollar Premier-ligasi
Ispaniya ayollar Premier-ligasi (ispancha:
Primera División de la Liga de Fútbol Femenino , homiy tashkilot nomi sababli
Primera Iberdrola (oldin ham homiy tashkilot brend nomi tufayli
Liga Femenina Iberdrola deb nomlangan) nomi bilan ham tanilgan) Ispaniyadagi ayollar futboli uchun liga musobaqalarining eng yuqori darajasidir.
Ilgari
Superliga Femenina ,
División de Honor va
Liga Nacional nomi bilan tanilgan Ispaniya ayollar Premier-ligasi erkaklar La Ligasining ayollar futbolidagi muqobili hisoblanadi va Real Federación Española de Fútbol (Ispaniya Futbol Federatsiyasi) tomonidan boshqariladi. Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqi (UEFA) koeffitsienti boʻyicha eng yaxshi oltita milliy ligadan biri hisoblanganligi uchun Ispaniya ayollar Premier-ligasidan 2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab eng yaxshi uchta jamoa UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi.
Ispaniya ayollar Premier-ligasi 1988-yilda tashkil etilgan va shunga vaqt davomida formati va nomi bir qancha oʻzgarishlarga uchragan boʻlsa-da, har yili faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ispaniya ayollar Premier-ligasida jami12 ta klub turli mavsumlarda chempion boʻlgan. Ispaniya ayollar Premier-ligasida „Barcelona“ jamoasi eng koʻp chempionlikni qoʻlga kiritgan (7t marta).
Tarixi
Liga Nacional (Milliy liga)
Ispaniya ayollar Premier-ligasi 1988-yilda Olímpiko Fortuna, Puente Kastro, Parque Alkobendas, Santa Maria Atletiko, Vallès Occidental, RCD Español, FC Barcelona, CE Sabadell va Peña Barselonista Barcilona jamolari tomonidan tashkil etilgan Liga Nacional nomi ostida tashkil etilgan.
División de Honor
1996-1997-yilgi mavsumdan boshlab Ispaniya ayollar Premier-ligasi 4 guruhga boʻlingan. Guruh g‘oliblari chempionni aniqlash uchun yarim final va final o‘yinlarini o‘tkazishgan.
Superliga
2001-2002-yilgi mavsumda Ispaniya ayollar Premier-ligasi nomi Superliga deb oʻzgartirildi va musobaqalar tizimi guruh formatidan ikki davrali tizimga oʻzgartirildi. Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan ikki marta, bir marta safarda va bir marta uy stadionida oʻynaydigan boʻldi. Bu davrda Ispaniya ayollar Premier-ligasi 14 ta jamoadan iborat edi.
2009-10 yilgi mavsumda Superliga 16 tadan 24 taga koʻpaydi, bu esa raqobat sifatining pasayishidan qoʻrqqan jamoalar va oʻyinchilarning tanqidiga sabab boʻldi. Superliga har birida 7 dan 8 gacha boʻlgan 3 ta guruhga boʻlingan boʻlib, sayohatni minimallashtirish uchun har bir guruhga geografik jihatdan yaqin boʻlgan jamoalar joylashtirilgan. Mavsumning birinchi bosqichida har bir jamoa oʻz guruhidagi bir-biri bilan ikki marta oʻynadi. Ikkinchi bosqichda har bir guruhning eng yaxshi ikkitasi hamda uchinchi o‘rinni egallagan ikkita eng yaxshi ishtirokchi A guruhiga, qolgan jamoalar esa oldindan belgilangan kalit asosida B va C guruhlariga bo‘lindi. Har bir guruhda yana ikkita davra bahsi oʻtkazildi. „A“ guruhining barcha jamoalari hamda „B“ va „S“ guruhlarini eng yaxshi yakunlagan uchta jamoa Copa de la Reina musobaqasiga yo‘llanma oldi va „A“ guruhidagi eng yaxshi ikki jamoa mavsum chempionligi uchun ikki o‘yindan iborat finalda o‘zaro bahslashdi. Rayo Valyekano 2009-10 va 2010-11 finallarida gʻalaba qozongan, ikkala marta ham RCD Espanyol ustidan gʻalaba qozongan. 2009-10 yilgi mavsumda ikki jamoa moliyaviy sabablarga koʻra ligani tark etishga majbur boʻldi.
Primera División
2011-2012-yilgi mavsumdan boshlab Ispaniya ayollar Premier-ligasi nomi Primera División deb oʻzgartirildi va guruhga asoslangan tizim bekor qilindi. Chempionni aniqlash uchun 18 ta jamoa ikki davra bo‘yicha o‘ynadi. 2012-2013-yilgi mavsum uchun jamoalar soni 16 tagacha qisqartirildi. 2016-2017-yilgi mavsum oldidan Ispaniya Fudbol Federatsiyasi Iberdrola tashilotining homiyligiga rozi boʻldi, natijada liga nomi Liga Iberdrola deb oʻzgartirildi. Bu 2019-yilda Ispaniya ayollar Premier-ligasi nomi eski Primera Iberdrola nomiga qayta oʻzgartirildi.
2020-yilda Primera División COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan.
2020-yil 10-iyun kuni Primera Divisiónga professional liga maqomi berildi.
2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab Ispaniya ayollar Premier-ligasi toʻliq professional boʻlib, 18 ta jamoadan 16 taga qisqardi.
Jamoalar roʻyxati
Hozirgi klublar roʻyxati
Chempion klublar roʻyxati
Quyidagi roʻyxatda Ispaniya ayollar Premier-ligasining barcha davrlar chempion klublari koʻrsatilgan. Ispaniya ayollar Premier-ligasi yaratilishidan oldin, 1983-yildan 1988-yilgacha, Ispaniya kubogi gʻoliblari Ispaniya ayollar futboli chempion klubi deb hisoblangan.
Chempion klublar reytingi
Superliga tashkil etilganidan beri
Barcha davlardagi Ispaniya ayollar Premier-ligasi chempionlar reytingi
Barcha davrlardagi Ispaniya ayollar Premier-ligasi jadvali
Liga Nacional (Milliy Liga) (1988-1996)
División de Honor (1996-2001)
Ushbu liga formati davom etgan 5 mavsum davomida 100 ga yaqin klublar ishtirok etdi.
Guruhlar kesimida Yakuniy bosqichlar Superliga (2001-2011)
Superliga (2001-2009) Superliga (2009-2011) Primera División (2011-yildan hozirgi kungacha)
2022-yil 9-sentyabr holatiga koʻra
Ispaniya ayollar Premier-ligasi ichki rekordlari
Quyida Ispaniya ayollar Premier-ligasida 1988-yilda asos solinganidan to hozirgi kungacha amalga oshirilgan rekordlar roʻyxati keltirilgan.
Klublar kesimida
Mavsum kesimida eng yaxshi toʻpurarlar
Barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurarlari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
Izohlar
uz.wikipedia.org