Isoxo‘jayev Rahim




Rahim Isoxoʻjayev (1917.15.10 -Toshkent – 2001.2.12) – sozanda (doira). Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Us t a Olim Komilovning shogirdi. 1933—36 yillarda Qoraqalpoq musiqali drama teatrida, 1938—77 yillarda Oʻzbek davlat musiqali (keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet) teatrida sozanda. Mazkur teatrlarning spektakllaridagi bir qancha milliy raqslarni sahnalashtirishda faol qatnashgan. I. „Pilla raqsi“, „Gulsara“, „Zang“, „Larzon“, „Tantana“, „Katta oʻyin“, „Shodiyona“ va boshqalar usullarni mahorat bilan ijro etgan. Koʻpgina chet mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz