ISOQJONOV MUHAMMADJON SALIMOVICH
ISOQJONOV MUHAMMADJON SALIMOVICH (1942.15.3, Yangiqo’rg’on shaharchasi) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1964). 1964 yildan Yangi-qo’rg’on shaharchasidagi 10-maktab kimyo-biologiya o’qituvchisi, 1994 yildan Yangiqo’rg’on tumanidagi A. Xolmatov nomidagi litseyda kimyo fani o’qituvchisi. U o’z ish faoliyati davomida kimyo xonasini namunali jihozlagan, bir qancha ko’rgazmali qurollar tayyorlagan. Uning “Metallarning elektrokimyoviy qatori va uni ishlatish jadvali” mamlakatimizdagi barcha maktablarda ko’rgazmali qurol vositasi sifatida foydalanib kelinmoqda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz