Isomiddin Ikromov




Isomiddin Ikromovich Ikromov (1951-yil 16-iyun, Jizzax tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2014-yil, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Biogafiyasi



Isomiddin Ikromov 1951-yil 16-iyunda Jizzax tumanida ishchi oilasida dunyoga keldi. 1973-yilda Samarqand davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. 1975—1994-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi, 1994—2014-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti oʻqituvchisi, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2014-yilda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati



1988-yilda „Hozirgi o‘zbek adabiy tanqidida lirika masalalari (H.Yoqubov, S.Mamajonov, O.Sharafiddinovlar ijodi misolida)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. „Studentlarni ilmiy-tadqiqiot ishlariga oʻrgatish“ (1979), „Hozirgi oʻzbek adabiy tanqidi“ (1982) monografiyasi, „Adabiyotshunoslik asoslari“ (2001) va „Yangi pedagogik texnologiya“ (2007) kabi uslubiy qoʻllanmalar, adabiyotshunoslik muammolarini oʻrganishga bagʻishlangan 100 dan ortiq maqolalar muallifi. „Antik dunyo“ ilmiy akademiyasi professori.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz