Isomiddin Arabov




Isomiddin Arabov (1915-yil, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — ?) — qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1947).

Tarjimayi holi



Isomiddin Arabov 1915-yil Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatida (hozirgi Andijon viloyati, Izboskan tumani) tavallud topgan. Millati oʻzbek. Qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish (ruscha: Коллективизация) oʻtkazilgungacha oddiy dehqon, keyin esa Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi paxta yetishtirishga ixtisoslashgan „Birlashgan“ (oldingi nomi „Dzerjinskiy“) kolxozida kolxozchi sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlaydi. 1930-yilning oxiriga kelib kolxozda zveno boshligʻi etib tayinlanadi. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Arabov boshchiligidagi yosh zveno paxta hosilini yetishtirishda kolxozning (kolxoz raisi Abduvant Ismoilov) yetakchi zvenolaridan biri boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi. Qishloq xoʻjaligi mehnatida koʻrsatgan samaradorligi uchun Arabov Ikkinchi jahon urushi davrida Lenin ordeni bilan mukofotlangan. Keyinchalik 4-besh yillik (1946—1950) davrida yana uchta orden bilan taqdirlanadi. 1946-yilda Arabov boshchiligidagi zveno 6 gektar maydondan gektariga 101 sentner paxta yetishtiradi. Bu oʻsha yil uchun rekord hisoblangan. 1947-yil 19-martida SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga asosan 1946-yilda paxtadan rekord hosil yetishtirgani uchun Arabov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi. 1971-yildan shaxsiy pensioner. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari



Isomiddin Arabov 2 marta Lenin ordeni (1944-yil 25-dekabr, 1947-yil 30-mart), Oktyabr inqilobi ordeni (1976-yil 10-mart), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1946-yil 23-yanvar), Xalqlar Doʻstligi ordeni (1981-yil 26-fevral), Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral), „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz