Isohor Oqilov




Isohor Xaimovich Oqilov (1914-yil iyulda Samarqand shahrida dunyoga kelgan. 1988-yil 27-sentabrda Toshkent shahrida vafot etadi) — sovet artisti, raqqosa, xoreograf, baletmeyster. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970).

Tarjamai hol



1914-yil 14-iyulda Samarqandda tavallud topgan.

Yosh Isohor raqqosalar oilasida voyaga yetgani uchun bolaligidan san’atga mehr qoʻydi. Juda yaxshi ovoz sohibasi boʻlgani uchun qoʻshiqchilik bilan shugʻullandi.

U ilk ijodiy faoliyatini Samarqanddagi “Koʻk koʻylak” havaskorlar toʻgaragi asoschisi baletmeyster Ali Ardobus bilan boshladi.

Xoreograf 1928—1929-yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot institutida tahsil olib, bir vaqtning oʻzida raqqosa sifatida ham faoliyat yuritgan.

Isohor 1929—1932-yillarda Oʻzbek Davlat musiqali teatri qoshidagi studiyada tahsil olgan.

San’atkor 1929-yilda Qori-Yoqubov taklifiga binoan Samarqand Eksperimental musiqali drama teatri truppasiga aktyor va raqqosa sifatida ishga kiradi.

I.Oqilov 1930-yilda SSSR xalqlari teatrlari va san’atining Butunittifoq olimpiadasida Oʻzbekiston SSR xalq komissarligi qoshidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri truppasida raqqosa sifatida ishtirok etib, katta konsert dasturi (“Halima” va “Oʻrtoqlar”) ikkita teatrini sahnaga olib chiqadi.

Oʻzbekiston SSR xalq komissarligi huzuridagi Buxoro davlat yahudiy teatri truppasining baletmeysteri boʻlib ishlagan.

Teatr rahbariyati topshirigʻiga koʻra iqtidorli yoshlarni izlab, Loxuti teatri sahnasida boʻlajak rafiqasi Margaritani ilk marta koʻradi. 1935-yilda Isohor bilan Margarita oila qurishadi.

G.Loxuti nomidagi Oʻzbekiston SSR xalq komissarligi qoshidagi Davlat teatr bilim yurtida (1932—1939-yillarda Toshkentda yashagan)bir qancha muddat dars bergan hamda uning ilk bitiruvchilaridan edi.

1935—1978-yillarda Oʻzbek ashula va raqs ansambli (1956-yildan «Shodlik» ansambli) bosh baletmeysteri boʻlgan.

1937-yildan Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida xoreograf boʻlib ishlagan.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida u "Hammasi front va gʻalaba uchun!" shiori ostida front brigadasi konsertlarida ishtirok etgan.

Igor Moiseyev qoʻl ostida Davlat akademik xalq raqs ansamblida amaliyot oʻtagan.

Isohor Oqilov 988 yil 27-sentabrda Toshkent shahrida vafot etadi va Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.

Oilasi



Isohor Oqilov mashhur Oqilovlar sulolasining yorqin vakili - oʻzbek raqqosasi.

Ijodiy faoliyati



Xoreograf oʻn sakkiz yoshida “Charxi du zona” murakkab raqs uslubini mukammal oʻrgangan. U oʻz raqsining ustasi  hisoblangan.

Isohorning ilk ustozlari: Mixalxonim Xaimova (qirgʻiz), Oq Borak, Chervonxon, Poshshoxon, Muhiddin Qori-Yoqubov, Tamaraxonim, Fargʻona raqsi boʻyicha Usta Olim Komilov, koʻhna milliy raqslarda (" Dakalov” , “Mavrigi”, “Soiynoma”, “Ufori chilli”, “Ufor”, “Bulbulcha”, “Arabcha”) - mashhur buxorolik doirachi Oq Latif edi.

U oʻn besh yoshida oʻzbek musiqali teatri boʻlajak artisti sifatida ilk musiqiy asarlarini yaratishni boshlagan.

Buxoro yahudiy davlat musiqali teatrida Buxoro shashmaqomi, oʻzbek va tojik maqomlari qoʻshiqlari kuylaridan foydalanib, yakkaxon va jamoaviy raqslarni sahnalashtirgan.

U rafiqasi Margarita bilan birga Oʻzbekistonning barcha professional raqs jamoalari, “Bahor” davlat raqs ansambli, “Shodlik” ashula va raqs ansambli, “Goʻzal” ansambli va boshqa bir qancha raqs jamaolarini yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan.

U ijod faoliyatida Sovet davri odamlari hayoti raqs musiqalaridagi obrazga murojaat qildi. Shunday kompozisiyalardan “Mehnat bayrami”, “Ozodlik davri” syuitalari, “Salom qizlarga”, buxorocha milliy raqs ommaviy ayollar raqsi kiradi.

Isohor mashhur “Lazgi”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Munojot” mumtoz raqslarini sahnalashtirgan boʻlib, hanuzgacha ijro etib kelinmoqda.

Raqqosa bor bilim va mahoratini ishga solgan holda sahnalashtirgan katta Buxoro raqsi unga katta shuhrat keltirdi.

Isohor Oqilov shogirdlaridan: Qodir Moʻminov, Nasriddin Shermatov, Dilafruz Jabbarova, Malika Axmedova, Qizlarxon Doʻstmuxamedova, Gulnora Mavayeva, Halima Komilova, Klara Yusupova, Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmaylova.

Teatr tomoshalari




Mukofot, unvon va sovrinlar




Xotira




Bibliografiyasi




Filmografiyasi




Adabiyotlar




Qo'shimcha o'qish




Havolar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz