Iso Habibbeyli




Iso Akbar oʻgʻli Habibbeyli (16-oktyabr, 1949, Sharur, Naxchivon MSSR) — Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining prezidenti (2022), filologiya fanlari doktori (1996), professor (1997), Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim (1999), OMFA faxriy aʼzosi (2003).

Hayoti



Iso Habibbeyli 16-oktyabr 1949-yilda Naxchivon MSSR Sharur rayonining Danzik qishlogʻida tugʻilgan. Ozarbayjon Davlat Pedagogika Instituti Naxchivon filialining til-adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan.

Filologiya fanlari doktori, professor. Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Tashkiloti aʼzosi. Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasi va Ozarbayjon Jurnalistlar Uyushmasi aʼzosi. Xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim.

1971-yilda Sharur rayonida qishloq oʻrta maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1975-yildan Naxchivon Davlat Universitetida oʻqituvchi, dotsent, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1996-yildan 2013-yilgacha esa Naxchivon Davlat Universiteti rektori vazifasida ishlagan.

2013-yil aprel oyidan Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti.

Yangi Ozarbayjon Partiyasi aʼzosi. Birinchi va ikkinchi chaqiriq Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan. III chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati boʻlgan (2005-2010). Hozirgi kunda IV chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputatidir. Milliy Majlisning Fan va taʼlim masalalari doimiy komissiyasi aʼzosi. Ozarbayjon-Belgiya, Ozarbayjon Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon-Pokiston, Ozarbayjon-Yaponiya parlamentlararo munosabatlar boʻyicha ishchi guruh aʼzosi.

1996-yildan Yangi Ozarbayjon Partiyasi aʼzosi.

Oilasi



Oilali, 3 farzandi bor.

Ilmiy faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari




Asosiy ilmiy yutuqlari




Ishlagan sohalari




Respublika, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning ilmiy tashkilotlaridagi aʼzoligi




Ijtimoiy-siyosiy faoliyati




Saylanma asarlari




Ozarbayjonda chop etilgan ilmiy maqolalari




Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan ilmiy maqolalari




Mukofotlari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz