Iso al-Gʻunjor




(Abu Muhammad) Iso ibn Muso at-Taymiy (hijriy 185-yil (milodiy 801-yil)da vafot etgan) G‘unjor laqabi bilan aytilgan, Buxoro ahlidan bo‘lgan. Iso al-G‘unjor fozil olim, taqvodor, haqiqatgo‘y bir kishi edi. Ilm olish maqsadida Iroq, Hijoz, Misrga safar qilib, ko‘plab taniqli olimlar bilan muloqotda bo‘lgan. U Molik ibn Anas, Sufyon as-Savriy, Sufyon ibn Ubayna al-Lays ibn Saad, Ibn Lahiyʼa va ulardan boshqa ko‘plab mashhur olimlardan hadislar eshitgan. G‘unjor deb atalishining sababi ikki yonog‘i har doim qizarib turgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz