Iso Abdurahmonov




Iso Abdurahmonov (Abduraman) (qrim tatarcha: İsa Abduraman, Иса Абдураман; 1937-yil 5-may, Yevpatoriya) — Qrim-tatar shoiri, nosiri va tarjimoni. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist. Qrim Avtonom Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2013-yil). Qrim-tatar va oʻzbek tillarida ijod qiladi.

Biografiyasi



Iso Abduramahmonov 1937-yil 5-mayda Yevpatoriya shahrida tug‘ilgan. 7 yoshligida oilasi bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Isoning bolaligi paxta dalalarida o‘tdi. 1961-yil maktabdan boshlab yozgan sheʼrlari „Lenin bayrogʻi“ gazetasi sahifalarida paydo bo‘ladi.

I.Abdurahmonov 1967-yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek va tojik filologiyasi fakultetini tamomlab, „Lenin elu“ gazetasiga ishga taklif qilinadi va 1979-yilda SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilinadi.

U „Gogerdjiler“ („Kaptarlar“), „Chirakʼ“ („Sham“, 1972-yil), „Tanʼ shavlesi“ („Tong nurlari“, 1976-yil), „Nal“ („Taqa“, 1979-yil), „Ogʻlumninʼ kuneshi“ („O‘g‘limning quyoshi“, 1984-yil), „Yurekteki kʼirtish“ („Yurakdagi qirtish“, 1988-yil) kabi bir qator hajviy hikoya va qissalar asarlar yozgan. „Yanʼi kun, selyam!“ („Yangi kun, salom!“) — shoirning Qrimga qaytganidan keyin nashr etilgan birinchi kitobi hisoblanadi; o‘zbek tilidagi „Orzular qanotida“, „Samarqand tabassumi“, „Yaxshi kayfiyat“, „Dardimni top“ va boshqalar roman va hikoyalari bo‘lgan.

Simferopolda yashaydi.

T. G. Shevchenko asarlarini qrim-tatar tiliga tarjima qilgan.

Ukraina milliy yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1992-yil), Qrim Avtonom Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

Manbalar




Bibliografiya




Adabiyot




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz