Ismoilxoʻja Axmedxodjayev




Ismoilxoʻja Axmedxodjayev (2004-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional poygachisi. Hozirgi kunda F4 boʻyicha Italiya chempionatida AKM Motorsport jamoasi safida avtopoygalarda ishtirok etmoqda.

Faoliyati



Karting



Ismoilxoʻja Axmedxodjayev koʻplab avtopoygachilar singari faoliyatini kartingda (13 yoshda) boshlagan. Faoliyatidagi ilk musobaqa Toshkentdagi 2018-yilgi O‘zbekiston chempionati final poygasi hisoblanadi. Ushbu musobaqada u yaxshi natijalar qayd etolmadi. Lekin, 2019-yilgi O‘zbekiston chempionati va kubogi gʻolibligini qo‘lga kiritgan. COVID-19 pandemiyasi tufayli bir yil mobaynida poyga musobaqalarini oʻtkazib yubordi. Keyingi yil Ismoilxoʻja Axmedxodjayev Birel ART Racing jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida qatnashib, Yevropa karting bahslaridagi faoliyatini boshladi. FIA karting Yevropa chempionatining Aunay-les-Bois poygasida 61-oʻrinni, Sarno poygasida 59-oʻrinni, Zuera poygasida 51-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Genk shahridagi Xorensbergdam trassasida o‘tkazilgan poygada esa 72-oʻrinni egalladi.

Formula 4




2021-yil oxirida Dubay avtodromida o‘tkazilgan rasmiy sinov kunida Xcel Motorsport jamoasi uchun sinov chiqishlarini qilgan. U yerda kichik halokat tufayli o‘nta davra bosib o‘tgan va sinovni yakuniga yetkazgan. Ismoilxoʻja Axmedxodjayev 2022-yilgi ishtirokini Formula 4 UAE Championshipda boshladi. Ushbu poygalar davomida 11-raqamli poyga mashinasini boshqargan. Dubay avtodromida boʻlib oʻtgan ikkita poygadan tashqari boshqa barcha bosqichlarda ishtirok etdi, ammo ball toʻplay olmadi. Mavsum yakunida 36-oʻrinni egalladi.

Ismoilxoʻja Axmedxodjayev 7-maydan 23-oktyabrgacha boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Italiya F4 Championshipda AKM Motorsport jamoasi tarkibida ishtirok etdi. U 36-raqamli poyga mashinasini boshqargan. Axmedxodjayev mavsum yakunida 48-oʻrinni egallagan. Uning jamoasi esa 10-oʻrinni egalladi.

Natijalar



Karting




CIK-FIA karting Yevropa chempionati




Katta poygadagi faoliyati



Umumiy natija




F4 UAE Championship




Italiya F4 Championship




FIA Motorsport Games




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz